Axborot-kutubxona muassasalarida shtrix-kod texnologiyalari

Bugungi kunda Respublikamizning ta’lim muassasalari qoshidagi ARMlar va bir qator axborot-kutubxona muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimlari (AAKT) joriy qilinmoqda. Xozircha asosan elektron katalog ma’lumotlar bazasini shakllantirish, axborot kutubxona fondini elektron shaklga o‘tkazish ishlariga katta e’tibor berilmoqda.

AAKT Respublikamiz kutubxonalarida asrimizning 90-yillarning oxirlarida Rossiyada ishlab chiqilgan IRBIS tizimini joriy qilish bilan boshlangan bo‘lsada, kutubxonalar asosan elektron kataloglashtirish bilan shug‘ullandilar. 2012 yildan boshlab O‘zbekiston ta’lim muassasalari va boshqa bir qator yirik kutubxonalarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ishlab chiqilgan “ARMAT-U” dasturi joriy qilina boshlandi ammo xozirgi kungacha AAKT ning barcha funksiyalaridan: kitoblarni berish va qaytarib olish, inventarizatsiya o‘tkazish va boshqalardan foydalanilgan emas. Elektron katalog ma’lumotlar bazasi to‘liq shakllantirilmaguncha AAKTning barcha funksiyalaridan to‘liq foydalanish mumkin emas. Xozirgi paytda Respublikamizning ko‘plab axborot-kutubxona muassasalari o‘zlarining axborot-kutubxona fondlarining aks bo‘lmish elektron kataloglarini to‘liq shakllantirib bo‘lganlar. Endi ular kitoblarni avtomatlashtirilgan holda berish va qaytarib olish funksiyalarini avtomatlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Kitoblarni berish va qaytarib olish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun, axborot-kutubxona fondi to‘g‘risidagi barcha bibliografik ma’lumotlar AAKT elektron katalogi ma’lumotlar bazasiga kiritilishi kerak. Fonddagi har bir kitob maxsus tayyorlangan shtrix kodlar bilan markirovkalanishi kerak.

Ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda yig‘ishning (avtomatik identifikatsiya) eng keng tarqalgan texnologiyalaridan biri – bu shtrix kodlashtirishdir. SHtrix kod texnologiyalarida asosan quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. Maxsus dasturiy ta’minot asosida shtrix kodlarni yaratish.
  2. Hujjatlarni (kitoblarni va foydalanuvchining ID kartalarini) shtrix kodlar yordamida markirovkalash (ko‘plab kitoblar bosmaxonadan shtrix kodlar bilan markirovkalangan holda nashrdan chiqmoqda).
  3. SHtrix kodlarni o‘qish (shtrix kodlar orqali berilgan ma’lumotlarni olish).

Dastlab, “BarCodeStudio” dasturi asosida fonddagi kitoblar uchun shtrix kodlar tayyorlanadi. Har bir kitobga uni maxsus skaner bilan identifikatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan shtrix kodlar yopishtiriladi.

Quyidagi 1-rasmda shtrix kodlarni shakllantiruvchi dasturning bosh sahifasi keltirilgan. Bu erda individul ravishda shtrix kodlarni hosil qilish mumkin. Ushbu sahifadan odatda kitobxonlarni ID kartalarini hosil qilishda foydalaniladi. Ushbu sahifada yaratilayotgan shtrix kodlaning umumiy bezagi va o‘lchamlari ham ko‘rsatilishi lozim.

akt.uz

1-rasm. SHtrix kodlarni bosib chiqaruvchi                                       dasturning bosh sahifasi.

Agarda shtirx kodga o‘tkazilayotgan ma’lumotlarda ketmaketlik qonuniyati kuzatilsa “Spisok dannыx” (2-rasm) bandiga o‘tib ushbu ketmaketlikni shartlarini ko‘rsatgan holda shtrix kodlarni shakllantirish mumkin bo‘ladi. “Spisok dannыx”bandidan odatda kitoblarning shtrix kodlarini hosil qilishda foydalaniladi. Ushbu oynaga ko‘chib o‘tgan ma’lumotlar chop qilish oynasi (4-rasm)da chiqadi.

akt.uz

2-rasm. Ketmaketlik qonuniyatiga     ega bo‘lgan ma’lumotlarni shtrix kodga o‘tkazish bandi

                                       

akt.uz

3-rasm. Ketmaketlik shartini berish oynasi

                                                                                        

akt4

4-rasm. Hosil qilingan shtrix kodlarni A4 formatidagi sahifada joylanishi va chop qilish sahifasi

 

Xosil qilingan shtrix kodlarni, bosmadan chiqarib, ularni kitob berish va qaytarib olish jarayonlariga tadbiq qilish mumkin bo‘ladi. Agarda shrix kod resursning inventar raqami bilan mos holda yaratilsa, bazadan kerakli resursning qidiruv jarayoni engillashadi. Hamda shrix kodlar yordamida kitobxonlarning ID kartalarini hosil qilish mumkin.

ARMAT-U dasturining elektron katalogi ma’lumotlar bazasidagi har bir bibliografik yozuvga shtrix kodlarni bog‘lash jarayonini ko‘rib chiqamiz.

AAKTning elektron katalogi ishga tushiriladi va tegishli shtrix kod bilan markirovka qilinayotgan kitobning bibliografik yozuvi topiladi va interfeysdagi “nusxa qo‘shish” tugmasi chertiladi (5-rasm).

akt6

5-rasm. ARMAT-U tizimining elektron katalogi.

                                                                                     

Natijada yangi nusxa qo‘shish imkoniyatini beruvchi oyna ochiladi (6-rasm)

akt.uz

6-rasm. Nusxa to‘g‘risida ma’lumot qo‘shish.

 6-rasmda ko‘rsatilgan tugma bosilgan, kitob nushasiga tegishli ma’lumotlarni kiritish oynasi ochiladi (7-rasm). Odatda bu erga kiritilayotgan ma’lumot (inventar raqam) shtrix kodga aylantiriladi

akt.uz

7-rasm. Kitob shtrix raqami va inventar raqamini kiritish oynasi

 

8-rasm. Inventar raqam va shtrix raqam kiritik natijalarini ko‘rsatuvchi oyna

8-rasm. Inventar raqam va shtrix raqam kiritik natijalarini ko‘rsatuvchi oyna

Kitobxonlarga kitob berish va qaytarib olish jarayoniga shtrixkod texnologiyasini qo‘llash quyidagicha amalga oshiriladi. Kitobxonga berilgan bilet raqamini yuqorida ko‘rsatilgan ketmaketlik asosida shtrix kodga aylantirib kitobxon ID kartasini hosil qilish mumkin. SHtrixkod texnologiyasini kitob berish va qmytarib olish jarayonida buyurtmasiz adabiyot berish modulidan foydalaniladi 9-10-rasm. Buning uchun kitob berish va qaytarib olish ishlari bilan shug‘ullanadigan hodimning avtomatlashtirilgan ish joyiga kirish lozim (odatiy holda login-bibl; parol-11). Buyuurtmasiz adabiyot berish moduli tanlanganda, kitobxonni qidirish oynasi ochiladi. U erga shtrixkod skannerni o‘rnatib ID kartadagi maxsus kod ko‘rsatilsa, kitobxon to‘g‘risida ma’lumot ochiladi (9-rasm).

9-rasm. Kitob berish va qaytarib olish bilan shug‘ullanuvchi hodimning avtomatlashtirilgan ish o‘rnida kitob berish modulining interfeysi

9-rasm. Kitob berish va qaytarib olish bilan shug‘ullanuvchi hodimning avtomatlashtirilgan ish o‘rnida kitob berish modulining interfeysi

 

“Kitobxon to‘g‘risida ma’lumot” ochilgan oynaning o‘ng tomon tepa burchagidagi shtrix raqam maydoniga kitobdagi maxsus markirovakani skanner yordamida kiritilgandan so‘ng, berilayotgan kitob haqida ma’lumot ochiladi (10-rasm).

10-rasm. Kitob berish va qaytarib olish bilan shug‘ullanuvchi hodimning avtomatlashtirilgan ish o‘rnida kitob berish modulining interfeysi

10-rasm. Kitob berish va qaytarib olish bilan shug‘ullanuvchi hodimning avtomatlashtirilgan ish o‘rnida kitob berish modulining interfeysi

“Bajarish” tugmasi bosilgandan so‘ng, kitob kitobxonga muvaffaqiyatli berilganligi haqida axborot chiqadi 11-rasm.

11-rasm. Kitob kitobxonga muvaffaqiyatli berilganligi haqida axborot

11-rasm. Kitob kitobxonga muvaffaqiyatli berilganligi haqida axborot

Kitobxonlardan kitoblarni qaytarib olish uchun, kutubxonachining AIJdan adabiyotlarni qaytarish tugmasi bosiladi, ochilgan oynada kitobxon bilet raqami kiritiladi va kutubxonaga qaytarilishi kerak bo‘lgan adabiyotlarga belgi qo‘yib “tanlanganlarni qaytarish” tugmasi bosiladi 12-rasm.

12-rasm. Kutubxonadan olingan kitoblarni qaytarish jarayoni

12-rasm. Kutubxonadan olingan kitoblarni qaytarish jarayoni

Maqola mualliflari: Karimov Ulug‘bek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, axborot kutubxona tizimlari kafedrasi dotsenti, t.f.n.

Karimov O‘ktam Ulug‘bekovich, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, axborot kutubxona tizimlari kafedrasi assisenti.