Arab xalifaligining tarixiy kutubxonalari

7- asrda muqaddas Islom dini vujudga kelgan zamin Arab diyorida buyuk imperiya «Arab xalifaligi» nomi bilan mashxur bo’lgan davlat vujudga keldi. Aynan bu davlat vujudga kelishi bilan ilm-fan, madaniyat va san’atga bo’lgan ulkan e’tibor tufayli ilm-fan o’zining cho’qqisiga erishdi. Necha-necha olimlarning o’z bilimlarini mustahkamlab borishlari uchun maktab vazifasini qaysidir ma’noda kutubxonalar ham bajargan deb hisoblash mumkin. Shu sababli bu safargi  «Bilimlar xazinasi»  bo’limi orqali berib borilayotgan an’anaviy «qadimiy kutubxonalar tarixi» mavzuyidagi maqolalarimizni davom ettirgan holda aynan manashu davlatda tashkil topgan bir nechta mashhur kutubxonalar haqida to’xtalamiz.

 

Arab xalifaligi haqida

islamic_book

O’rta asrlarda Konstantinopol yagona ma’rifat markazi emas edi. 7 asrning  boshlarida musulmon dini paydo bo’ldi. Islom qisqa vaqt ichida Erondan tortib Marokashgacha bo’lgan hududni o’z ichiga qamrab oldi va 800 yildan ortiqroq “Arab Halifaligi” nomidagi buyuk davlat sifatida faoliyat ko’rsatdi.

Arab dunyosida 7-9- asrlarda ilm-fanning rivojlanishi eng cho’qqisiga yetdi. Arab dunyosi olimlari matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix fanlariga qo’shgan xissasi aynan shu davrga kelib beqiyos darajaga yetdi.

Fanlar rivojlanishining asosi

7-9 asrlarda Xalifalik qog’oz ishlab chiqarish bo’yicha dunyoning markaziy mamlakatiga aylandi. Qog’oz pergamentga qaraganda arzon va sifatli mahsulot sifatida nom qozona boshladi. Qog’oz sanoati Samarqand, Qoir, Damashq va boshqa ko’plab arab davlatlarida rivojlana boshladi. Birgina Kordoba shahrini o’zida  yiliga 16-18 ming donagacha kitob ishlab chiqildi. Tripoli shahrida esa 20 000 aholining deyarli yarmi qog’oz fabrikasi yoki hattotlik bilan shug’ullana boshladi. Ayrim bir hattotlik korxonlarida 180 tagacha hattotlar faoliyat ko’rsatgan. Birgina Bog’dod shahrida 10-asrda 100 ta kitob sotuvchilarinig mavjud bo’lganligi aynan shu asrda arab dunyosida kitobot san’ati qanchalik rivojlanganligini ko’rsatib turibdi.

Kutubxonachilik ishining boshlanishi

Arab xalifaligida kutubxona ishi Muaviy I Xolid ibn-Yazid, Xorun ar-Rashid, Al-Ma’mun, Al-Hakim II, vazir Ibn Abbos kabi bir qator xalifalar va vazirlar nomlari bilan bog’liq. Aynan shu amaldor xizmati tufayli mamlakatda ilm dindan keyin darajada taraqqiy topdi. Ular qoldirgan ulkan ma’naviy boyliklar hozirgi kunda ham ulkan qiziqish bilan o’rganilmoqda. Birgina “Bayt ul-hikma” va Ma’mun akademiyalari yetishtirib bergan olimlarning fan olamida qilgan yangiliklari siri haligacha sirligicha qolmoqda balki hammasi aynan osha davr kutubxonalari bilan bog’liqdir?

Donolik uyi (Bayt-al hikma)

bez-nazvaniya

Ummaviylardan birinchi xalifa Muaviy I birinchilardan bo’lib saroy kutubxonalari qurilishiga e’tibor bera boshladi. Damashq sharida u “Donolik uyi”ga asos soldi. Bu bino bir vaqtning o’zida ham kutubxona ham davlat arxivi vazifalarini bajarishi ko’zda tutilgan edi. 689-yildan boshlab kutubxonada bo’limlar tashkil etila boshladi. Kutubxona Qur’onshunoslik asosiga qurilgan bo’sa ham o’z fondini adabiyot, tibbiyot, falsafa, astroligiya, matematika va tarix kabi birqancha fanlarga doir kitoblar bilan ham boyitgan. Poytaxtning Damashqdan Bog’dodga ko’chirilishi bilan kutubxonanig joylashgan joyi ham o’zgardi.

Arab tarixchilarining yozishicha Muaviy I ilmli bo’lgan har bir musulmonga kutubxonadan foydalanishga ruhsat bergan va bora bora bu kutubxona ommaviy kutubxonaga aylanishiga olib kelgan. 9-13-asrgacha donolik uyi Bog’dod shahrida bo’lgan.Bu yerda nafaqat musulmon,balki boshqa din olimlari ham bo’lgan kitoblarni arab tiliga tarjima qilgan va ularni saqlagan. Olimlar donolik uyida turli xil ta’qiqlangan sohalarni ham o’rganishgan. 9-asr yarmiga kelib donolik uyida dunyodagi eng katta kitob fondi yig’ilgan. 1258-yil yanvar o’rtasida boshlangan mo’g’ullar qamali 2 hafta davom etdi. 13-fevralda mo’g’ullar xalifalar shahriga kirishdi va shaharni vayron qilishdi.Donolik uyi va Bog’doddagi boshqa kutubxonalarni bog’dod qamali davomida Xulagu armiyasi tomonidan vayron etildi.Bog’dod kutubxonachilari kitoblari bilan birga Tiges daryosiga cho’ktirilgan.Nasr al-Din al-Tusi  tahminan 400 minga yaqin kitoblarni saqlab qolgan.Chunki qamaldan oldin ularni Moraghehga olib ketgan.

Al-Ma’mun

images

Bog’dod xalifalari ichida Xorun ar-Rashid kabi mashxur xalifa tarixda uchramasa kerak. Bizga u “Ming bir kecha” ertaklari orqali ham juda tanish. Xorun ar-Rashid  davrida Vizantiya imperiyasidan ko’plab qo’lyozmalar kutubxonaga keltirilgan. Uning og’li al-Ma’mun davrida esa fond 100 lab kitoblar bilan boyidi. Al-Ma’mun yopiq saroy kutubxonasini ommaviy kutubxonaga aylantiradi.

 

Al-Hakim II

Kordoba xalifasi al-Hakim II o’zi davridagi uchta saroy kutubxonalarini birlashtiradi va 400 000 lik fondga ega kutubxonani yaratadi. Bu kitoblarning kataloglari 44 ta 90 varoqlik daftarga yoziladi. Al-Hakim II ayg’oqchilar yollab butun dunyo bo’ylab qimmat baho kitoblar izlashni yo’lga qo’yadi. Uning kutubxonasida kitob yasovchi, xattot va rassomlar ishlashi uchun alohida bo’limlar tashkil etilgan bo’ladi. Bundan tashqari kutubxonachi-katalogizator kabi shtat ham mavjud bo’ladi.

Vazir Abbos

Vazir Abbosning ham kutubxonasi xalifalikda juda mashxur kutubxona sanaladi. U o’z atrofida kitobga ixlosmand olimlar va bilimli insonlarni to’playdi. Uning kutubxonasida 177 000 kitob mavjud bo’ladi. Kutubxona katalogi 10 tomni tashkil etadi. U qayerga borsa o’zi bilan kutubxonasini olib yuradi. Uning kutubxonasini bir necha tuya katta karvonni tashkil etib tashib yuradi.

“Ilm uyi” (Dar al-Ilm)

9 asrga kelib “Donolik uyi”ni o’rnini “Ilm uyi” (Dar al-Ilm) nomli kutubxona egallaydi. Bu kutubxona Tripolida joylashgan bo’ladi va madrasa tarkibida bo’ladi. Bu kutubxona shunchalik katta bo’ladiki uning fondi 3 million ekanligini o’zi ham bunga isbot bo’ladi.

 Kutubxonada Qur’onning 50 000 dona nusxasi  va uning 80 000 sharxi saqlanadi. 

Kutubxonada 180 xodim faoliyat ko’rsatadi. Kutubxona bor yog’I 30 yil faoliayt ko’rsatadi va Salib yurishlari natijasida yoqib yuboriladi.

“Maxsus kutubxona”lar

Arab xalifaligida “maxsus kutubxona”lar ham tashkil etiladi va bular masjidlar, maqbaralar, kasalxonalar hududida joylashgan bo’ladi va fondi ham aynan u joylashgan binoga mos ravishda tartiblangan bo’ladi. Bu kutubxonalar vaqt o’tishi bilan faoliyatini kengaytirib davlat tasarrufidan chiqib o’zi mustaqil ravishda faoliyat ko’rsata boshlaydi.

“Vaqf kutubxonalari”

Saroy, shaxsiy va o’quv maskanlari kutubxonalaridan tashqari xalifalikda “vaqf kutubxonalari” ham faoliyat yurita boshlaydi. Vaqf kutubxonalarining boshqa kutubxonalardan farqi shunda ediki, bu kutubxonalar na davlatniki na yer egasiniki edi ya’ni “butun musulmon ahli uchun ochiq” shaklda faoliyat ko’rsatardi. Kutubxona fondi asosan sovg’a, homiylik asosida shakllantrilardi va boy bo’lmagan aholi undan juda ko’p foydalanardi va hattoki o’z yonidan qog’oz va kitob ta’mirlash, kitob yasash, hattotlik kabi ko’mak orqali fond boyitilardi. Ushbu kutubxonalar fondi doimo nazoratda bo’lgan va katalog tuzilgan. Ushbu katalog bir vaqtni o’zid boshqa vazifani ya’ni kutubxonaning yuridik hujjati vazifasini ham bajargan.