Dunyodagi eng qimmat kitoblar top o’ntaligi

Sizga 2016-yil hisobidagi dunyodagi eng qimmatbaho hisoblangan kitoblar top 10 taligini taqdim etamiz.

10. GUTUNBERG MUQADDAS  BIBLIYA KITOBI (4,900,000$)

1Ushbu kitob Maynzdagi eng birinchi bosma kitob hisoblanib, Johannes Gutenberg tomonidan nashr qilingan. Bu kitob  G’arbda » Gutunberg inqilobi» mahsuli sifatida ham mashhur. Kitob lotin tilida yozilgan. Ushbu kitob juda salmoqli tarixiy qiymatga egadir.  Buning asosiy sababi esa, bilganingizdek, ilk bosma nashr ekanligida va qadimiy dunyo nafasini o’zida saqlab kelishidadir. Kitob bugungi kunda ham o’z qiymatini saqlab qolgan. Bugungi kunda kitobning narxi mutaxasisslar tomonidan 4.900.000$ deb baholangan. Ushbu kitob esa akt.uz saytining topida 10-darajani egalladi.

9. SHEKSPIRNING TARIXIY, DRAMATIK VA KOMEDIK ASARLARI (6,100,000$)

 

2Ushbu kitoblar dunyoning eng buyuk dramaturgi hisoblangan V.Shekspirning vafotidan 7 yil o’tib, ya’ni 1523-yili nashr qilingan. Ushbu kitoblar bugungi dunyo jahon adabiyotining durdona asarlari safida turadi. Bu to’plam Sheksperning 36 sahna asarlaridan tashkil topgan bo’lib, o’sha davrda Shekspirning hamkasblari Genry Kondel va Jon Gemingeslar tomonidan yig’ilgan va nashr qilingan. Ushbu kitob ingliz adabiyotining gultoji hisoblanadi.

8. CANTERBURY AFSONALARI KITOBI (7,500,1000$)

3Ko’plab ingliz yoshlari va talabalari orasida ma’lum va mashhur bo’lgan ushbu kitob XV asrda mashhur ingliz yozuvchisi Geoffrey Chaucer tomonidan yozilgan. Ma’lumot o’rnida shuni ham aytish joizki, Geoffrey Chaucer inglizadabiyoti otasi sifatida ma’lum. Kitob 17000 ustun(lineyalar)da yozilgan 24 ta  afsonadan tashkil topgan. Asar o’rta asr ingliz  tilida yozilgan.

7. AMERIKA QUSHLARI ASARI (11,500,000$)

4Nomidan ham ma’lumki, ushbu kitob Amerikadagi turli qushlar kolleksiyasidan tashkil topgan. Ushbu kitobda Amerikadagi qushlarning oilasi, turi, rangi, hatto, soni ham mukammal keltirilgan. Kitob Jon James Audubon tmidan yig’ilgan. Audubonning yordamchisi Yusuf mason sa kitobga ajoyib ranglar bilan rasm chizgan. Avtorning mahorati shundaki, kitonga jonli tus bergan, bu esa itob qiymatini juda ham oshirib yuborgan.

6. COELS ARSON GENRI KITOBI ( 11,700,000$)

5Ushbu tarixiy kitob ham qimmatbaholigi bilan ajaralib turadi.  Suhbu kitob maxsus buyrutma asosida yozilgan. Qiziquvchilarga kitobni mutolaa qilib ko’rishlariga maslahat bergan holda asar qimmatliligi darajasi bilan bizning 6 pog’onamizdan joy odi.

5. ROTHSCHILD RAYER BOOK (13,600,000$)

6Ushbu kitob 2016-yilning eng qimmat kitoblari safidan joy olishiga sabab  unda ishlangan ajoyib san’at asarlari sabab bo’ldi. Kitob sahifalari 228x160mm bo’lib, Avstriya milliy kutubxonasida saqlanadi.

4. BAY ZABUR KITOBI (14,165,000$)

hQiziq voqealarga ega ushbu kitob Shimoliy Amerika kaloniyalarida nashr etilgan ilk kitob hisoblanadi. Kitob mazmuni Bay kaloniyalarida istiqomat qiladigan Massagetlar qabilalari hayoti va urf-odatalari haqida ma’lumotlar beradi.

3. STONYHURST INJIL YOKI SEYNT JON SIT CUTHBERT INJIL KITOBI (14,300,000$)

8

Stonyhurst Injil kitobi VIII asrda lotin tilida yozilgan eng muqaddas kitoblar sarasiga kiradi va uning narxi ham juda yuqoriligi bilan ajralib turadi. Barchamizga ma’lumki, bu kitob diniy kitobladir.

2. MAGNA CARTA KITOBI (21,300,000$)

9

Magna Carta Libertatum nomi bilan ham ma’lum bo’lgan ushbu kitob o’sha davrdagi baron Jon monidan yozilgan bo’lib, Angiya qiroli tomonidan qo’lab quvvatlangan. Bugungi kun dunyo ilm-fanida yuqori mavqeiga ega ushbu litobimiz narxi jihatidan bizning topimizda 3- o’rinni egalladi.

1. HAMMURAPI QONUNLARI KITOBI (30,802,500$)

10

Barchamizga ma’lum bo’lgan Hammurapi qonunari kitobi 2016-yil dunyoning  eng qimmat kitobi deb e’lon qilindi. Bobil podsholigining hukmdori Hammurapi tomonidan joriy qilingan qonunlar to’plami. Hammurapi podsholikni o’zi tuzgan qonunlar to’plami asosida boshqargan. Hammurapining qonunlar to’plami mixxat yozuvi bilan katta bazalt tosh ustuni sathiga yozilgan. Ustunning yuqori qismida taxtga o’tirgan quyosh xudosi Shamesh Hammurapiga hokimiyat ramzi bo’lgan tayoqni taqdim etayotgani ifoda etilgan. Ustunning boshqa joylariga qonunlar majmuasi bitilgan. U 247 moddadan iborat bo’lib, kirish, qonunlar to’plami va xulosadan iboratdir.

Umuman olganda barcha kitoblar beboha hisobladi. Ular insonni ilm-ma’rifatga boshlovchi ma’rifat quyoshidir.

Izoh: Ba’zi kitoblarninig nomini ingliz tilidan o’zgartirmasdan kirgazdik.