Kutubxonachi va kitob beruvchining farqi bor

kutubxonachiAxborot texnologiyalari yuqori tezlikda rivojlanayotgan bugungi zamonamizda barcha sohalarda va barcha soha mutaxasislarida ko’p tarmoqli bilimni talab etmoqda. Xususan, kutubxonashunoslik sohasida ham. Bilamizki, bir qancha vaqtlar muqaddam kutubxona-mafkurani singdiruvchi markaz, kutubxonachi esa shunchaki “kitob tarqatuvchi” shaxs sifatida tushunilgan. Bunga yetarliga asos ham mavjud bo’lgan. Mustabid sho’rolar davrida barchamizga sir emaski, milliy mafkuramizni yo’qotishga, milliy madaniyatimizni poymol qilishga o’ta kata kuch sarf qilishganlar.  Ular o’z g’oyalarini singdirishga eng yaxshi yo’l kitoblar va matbuot bo’lgan. Shu bois zudlik bilan turli sovet g’oyalari, sovet mafkurasi singdirilgan kitoblar har bir o’zbek javonlariga kirib kelgan. Matbuotlarda esa   “yashasin kammunizim”  bo’lgan.  Kutubxonachlar esa shunchaki kitob tarqatuvchi, so’ralgan kitobni topib beruvchi “ ishchi ”, texnika tili bilan aytilganda “kitob beruvchi robot ” sifatida qaralgan.  Sezib turganingizdek ulardan ushbu sohaga oid bilim ham so’ralmagan.  To’g’ri-da, so’ralgan kitobni javondan olib berish uchun alohida “bilim” shart emas edi. Yana bir e’tiborli jihati shunda ediki,  sohadan xabari bo’lmagan bunday “mutaxassis”lar sho’ro mafkurasi, kommunistik g’oyalar tez va oson singdirilgan. Shunday qilib ilm-ma’rifat bilan shug’ullanuvchi keng qamrovli  kasb sohiblari eng past tabaqa mutaxassis darajasiga tushib qolganlari, sir emas. “Kutubxonachi” deyilganda barchaning ongida faqat va faqat kitob beruvchi shaxs sifatida shakillanib qolgan.  Ammo kutubxonashunoslik va kutubxonachilik faoliyati yuqoridagi g’oyalarning mutlaqo aksidir.

 

librarians

Dunyoning qaysi ziyoli olimlari, mutafakkirlarining faoliyatiga nazar soladigan bo’lsak, ular aynan kutubxonada va kutubxona faoliyati bilan muntazam shug’ullanib, ilm darajalarini oshirib borgan.  Mustaqillikka erishganimizdan so’ng, yurtimizda ushbu sohaga jiddiy qarashlar boshlandi. Chunki milliy mafkuramiz, milliy g’oyalarimiz barchasi kitoblarda jamlangan. Xususan, birinchi prezidentimiz  I.A. Karimov tomonidan  2011-yil 13-apreldagi “Axborot kutubxona faoliyati to’grisida”gi qonuni, 2003-yil 11-dekabridagi “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonuni va bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining qarorlari bunga misol bo’ladi. Ushbu qonun va qarorlar kutubxonachilik va axborotlshtirish sohalarida yuqori o’rin tutadi. Yurtimizda kutubxonalarni tashkil etish va kutubxonachilik faoliyatini yana-da takomillashtirish yuzasidan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Kutubxonachlik faoliyati turli fan sohalari bilan chambarchas bog’liqligi ushbu kasbning naqadar keng qamrovli ekanligidan dalolat beradi.  Bugungi axborto olami yuqori darajada tez rivojlanayotgani sabab, axborotlar olamida mukammal faoliyat yuritish uchun kutubxonachilardan ham turli yo’nalishlardagi bilimlarni talab qilmoqda. Kutubxonalar axborot resurslari markazi etib tashkil qilinganligi ham bejizga emas. Kutubxona-turli bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan ulug’ dargoh. Yuqorida ta’kidlaganimdek, katta tezlik bilan o’zgarib borayotgan axborotlar oqimi bilan ishlash, kutubxonachidan keng zehnni, ko’nikmani  talab qilmoqda. Shu boisdan, O‘zbekiston Respublikasi 1- Prezidentining 2012-yil 4-iyundagi PQ-1771 son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-iyundagi yig‘ilish bayonnomasi asosida Toshkent Davlat madaniyat instituti «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” talim yo‘nalishi 2012-2013 o‘quv yilidan boshlab  “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yo‘nalishi «Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasiga biriktirildi. Mazkur kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Barno Ilhomovna G‘anieva mudir etib tayinlandi. Bu zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash ishlari amalga oshirishda katta qadam bo’ldi.. O‘quv dasturlar yangilanib, kutubxonachi kadrlar tayyorlovchi xorijiy davlatlar universitetlarining ish tajribalari o‘rganilib(Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Koreya va boshq.), yangi fanlar o‘quv jarayoniga joriy etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijda malakalarini oshirib, turli xalqaro seminar va konferentsiyalarida faol qatnashib kelishlari jahon ilm-fanini biz yoshlariga o’rgatishda qo’l kelmoqda.

Bugungi kunda kutubxonachilar axborotlarni tashkil qilishda ma’lumotlar bazasini tashkil etishi- ma’lumotlar bazasida keng qamrovli axborotlrni boshqarishda qo’l keladi. Xususan, hozirda butun jahon kutubxonalari elektron kutubxonalarni shakillantirishga  va rivojlantirishga  katta e’tiborlarini qaratishganlar. Bundan tashqari kutubxonachilar web sahifalarni yaratish, ularni boshqarish, ularda ishlashni bilishi ham o’ta darajada muhim hisoblanadi. Buning sababi, hayotimizda internetning o’rni ancha muhimlashib ketganligidadir. U hayotimizning barcha sohalariga kirib keldi. Qisqa qilib aytganda, kutubxonachi kompyuter texnologiyalarini yaxshi bilishini zamon talab qilmoqda. Yuqoridagi to’xtalib o’tgan fan sohalarimizning barchasi axborotlarning analitik mahsulotlarini va xizmatlarini ishlab chiqishda muhim omillar hisoblanadi. Shunday qilib, ushbu fan sohalari TATU da yuqori darajada shakillangan va bu kutubxonachi kadrlar va kutubxonachilik faoliyati uchun juda yaxshi  hisoblanadi.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashni joiz deb bildimki, kutubxonachi bir joyda o’tirib so’ralgan kitobni olib yohud topib beruvchi “robot” emas. Kutubxonachi bilan kitob beruvchining farqi katta. Bugungi “kutubxona menejmenti” , “ elektron kutubxona”  rivojlanayotgan  shiddatkor davrda kutubxonachilar keng qamrovli va zamonaviy bilimlarga ega bo’lishlari zarur va shart. Kutubxonachilar jamiyatda kitobning mavqeini yana-da mustahkam o’ringa joylashtiruvchi fidoyi shaxslardir. Zero, jamiyatda kitobga bo’lgan e’tibor kuchli ekan o’sha yurt yoshlari ma’naviy yetuk, aqlan teran, o’sha millat esa doim hur va albatta, farovon hayot kechiradi.