Kutubxonalarga

Kasbim – kutubxona mutaxassisi

Ushbu bo`limda kutubxona mutaxassisidek sharafli kasbni egallashni niyat qilgan yoshlar va allaqachon bu sohada faoliyat yuritayotgan yosh kadrlar uchun foydali ma’lumotlar keltirilgan. Yurtimizda mavjud ta’lim maskanlari va ularning o`quv dasturlari hamda o`qishga qabul qilish shartlari Sizning e’tiboringizga taqdim etiladi. Jumladan, kutubxonalar uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlovchi yagona ta’lim muassasasi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Axborot-kutubxona tizimlari» kafedrasi faoliyati to`g`risida batafsil tanishishingiz mumkin.

Kutubxonashunos kabineti

Kutubxonachilik ishiga aloqador rasmiy va norasmiy dolzarb me’yoriy hujjatlar to`plami. Qonunlar, qarorlar, buyruqlar, farmonlar, loyihalar va standartlar hamda xalqaro me’yoriy hujjatlar va standartlar mazkur bo`limdan o`rin olgan. Shu bilan birga, kutubxonachilik ishiga oid nashrlar ham bo`limga kiritilgan.

© Kutubxonalar va mualliflik huquqi

Axborotlashgan asrda mualliflik huquqi va uni himoya qilish masalalari eng yuqori o`ringa ko`tarildi.  Natijada «bilimlar maskani» hisoblangan kutubxonalar faoliyatida o`zgarishlar yuz bermoqda. Shu sababli ushbu bo`limda kutubxonalar uchun asqotadigan mualliflik huquqiga doir dolzarb hujjatlar va ma’lumotlarni to`plashga harakat qildik.

Konferensiya va seminarlar

Bo`limda respublikamiz va xalqaro miqyosda o`tkaziladigan konferensiyalar haqida e’lonlar, seminar va tadbirlarning press relizlari berib boriladi. Siz nafaqat bunday tadbirlarda ishtirok etish, balki sizning muassasangiz tomonidan tashkil etiladigan shu kabi tadbirlarga taklifnomani ham joylashingiz mumkin.

Taklif etamiz!

Ushbu bo`lim kutubxona mutaxassislari va kitobxonlar diqqatini yangi nashr qilingan asarlarga qaratish: kitoblar, jurnallar, film va musiqalar va albatta jamiyatning axborot madaniyatini oshirishga xizmat qila oladigan texnologik yangiliklar…