Kasbim – kutubxona mutaxassisi

Hozirgi kunda kutubxonachilik ishida jiddiy modernizatsiyalashtirish bo`lib o`tmoqda. An’anaviy kutubxonalar faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar kirib kelmoqda. Kutubxonachilik kasbi tushunchasi mohiyatan kengaymoqda. Bugun kutubxona mutaxassisi yangi axborot, kompyuter texnologiyalari sohasidagi bilimlarga ega bo`lishi kerak. Kasbga belgilangan yangi talablarga mos ravishda ta’lim muassasalarining dasturlari ham o`zgartirilmoqda, talabalarga keng turdagi elektron resurslar bilan ishlash ko`nikmalarini o`rgatilmoqda.
Bo`limda kutubxonashunoslik yo`nalishida tahsil olish mumkin bo`lgan ta’lim muassasalari ro`yxati va ular haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ehtimol, bu ma’lumotlar kelajakda bu kasbni tanlashingiz uchun yordam beradi.

Oliy ta’lim muassasalari

  1. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari

Toshkent madaniyat kolleji

Malaka oshirish markazlari

  • O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti MOQT tarmoq markazi