Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Axborot-kommunikatsion texnologiyalar sohasida kasb ta’limi fakulteti
Koordinatlari

Manzil: 100200, Toshkent, Amir Temur shox ko’chasi 108 uy, C bino

Telefon: (0 371) 238-65-78

Umumiy ma’lumotlar

Bugungi kunda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti mazkur sohada oliy ma’lumotli mutaxassislar yetishtiruvchi yagona oliy ta’lim muassasasiga aylandi va «Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilariga katta mas’uliyat yuklandi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2012-yil 4-iyundagi PQ-1771 son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2012-yil 27-iyundagi yig‘ilish bayonnomasi asosida Toshkent Davlat madaniyat instituti «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” talim yo‘nalishi 2012-2013 o‘quv yilidan boshlab, Kasbiy ta’lim fakulteti TTP kafedrasi tarkibidagi  Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik ta’lim yo‘nalishidan «Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasiga biriktirildi. Mazkur kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Barno Ilhomovna G‘anieva mudir etib tayinlandi.

Zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. O‘quv dasturlar yangilanib, kutubxonachi kadrlar tayyorlovchi xorijiy davlatlarining universitetlarining ish tajribalari o‘rganilib(Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Koreya va boshq.), yangi fanlar o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijda malakalarini oshirib, turli xalqaro seminar va konferentsiyalarida faol qatnashib kelmoqdalar.

Kafedrada professional va ilmiy faoliyatni yirik va mashhur olimlar, professor-o‘qituvchilar ko‘rsatib kelmoqdalar, ulardan Raxmatullaev Marat Alimovich, dotsentlar Ganieva Barno Ilxamovna, Mahmudov Mirali Haydarovich, Karimov Ulugbek Fozilovich, katta o‘qituvchi Arakelov Sergey Rubenovich. Ulardan yosh assistentlar Shodmanova F.T.,AnufrievaYu.G.,Raximova Sh.A.,Muxamedjanov Sh.M. ish tajribalarni o‘rganishmoqda.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kafedra ochilishidan boshlab «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kutubxonachilik ishining an’anaviy ish uslubiyoti va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy yetish bo‘yicha faoliyatni tashkil etilishiga qaratilgan yangi o‘quv fanlar kiritildi.