Ilmiy-ta’limiy resurslarning elektron kutubxonasi

Ilmiy-ta’limiy resurslarning elektron kutubxonasi

Keyingi yillarda kompyuter va tarmoq texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi, yangi turdagi axborot tashuvchilarning payda bo‘lishi  ana’naviy usulda xizmat ko‘rsatayotgan kutubxonalar faoliyatini keskin o‘zgartirib yubordi. OO‘YU qoshidagi axborot resurs markazlari asosan o‘quv va ilmiy tadqiqot  jarayolarini axborot resurslari bilan ta’minlashga qaratilgandir. Axborot texnologiyalarining  rivojlanishi insoniyat oldida turgan o‘ta muhim muammolardan biri – axborotlarni foydalanuvchilarga etkazib berish maqsadida ularni saqlashdir. Xozirgi kunga qadar axborotlarni saqlash va tarqatishning asosiy shakli sifatida bosma nashrlar katta rol o‘ynagan bo‘lsa, axborotlar tarqatishda  asosan kutubxonalar faollik ko‘rsatgan. Bosma tashuvchilar bilan xizmat ko‘rsatish o‘rniga elektron shakldagi turli resurslarning paydo bo‘lishi “elektron kutubxonalar”ning paydo bo‘lishiga olib keldi. Elektron kutubxonalar va ularga mos infratuzilmalarning yaratilishi butun jahonda avj olib ketdi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2014 yilida himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalarning va bitiruv malakaviy ishlarining elektron kutubxonasi yaratildi va foydalanisha topshirildi. Elektron kutubxona bazasiga universitetning O‘zbekistonning beshta shahridagi filiallarida tayyorlangan bitiruv malakaviy ishlari (BMI) va himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalarining to‘liq matnti kiritilgan. Bugungi kunda elektron kutubxona ma’lumotlar bazasida 1400 dan ortiq BMI va magistrlik dissertatsiyalari to‘liq matni mavjud.

Elektron kutubxona avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi (ARMAT-U) asosida yaratilgan bo‘lib u universitetning “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi (ARMAT-U) beshta avtomatlashtirilgan ish o‘rinlaridan iborat bo‘lib uning ichki formati halqaro kommunikativ MARC 21 formatiga asoslangan. Bu holat kelusida yaratilgan elektron kutubxona bazasini boshqa OO‘YU elektron kutubxonalari ma’lumotlar bazalari bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi. Elektron kutubxona ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Univerrsitet rektorining topshirig‘iga ko‘ra universitetdagi barcha kafedralar 2014 yili bajarilgan BMI va himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalarining elektron shaklini yagona format asosida elektron shaklga o‘tkazdilar. 2015 yildan boshlab barcha  BMI va magistrlik dissertatsiyalari belgilangan tartibda elektron kutubxona ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Elektron kutubxona ma’lumotlar bazasidagi matnlar “o‘xshash matnlarni izlashga mo‘ljallangan ekspert tizimi” bazasiga o‘tkazilgach, ekspert tizimi ma’lumotlar bazasidagi o‘xshash matnlarni aniqlashi mumkin. Mazkur ekspert tizimi t.f.n. Jasur Atajanov tomonidan yatatilgan bo‘lib xozirgi paytda u tajriba sinov jarayonidan o‘tmoqda. Tizim to‘liq sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng BMI va magistrlik dissertatsiyalari orasidan o‘xshash matnlarni izlashga mo‘ljallangan milliy dastur ishlay boshlaydi. BMI va magistrlik dissertatsiyalarning elektron kutubxonasi va o‘xshash matnlarni qidirishga mo‘ljallangan tizim ishlay boshlaganda bir biriga juda o‘xshash bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarni olib borishga chek qo‘yiladi.

Quyida BMI va magistrlik dissertatsiyalari elektron kutubxonasining ma’lumotlar bazasini shakllantirish va o‘xshash matnlarni aniqlashga mo‘ljallangan ekspert tizimining algoritmi keltirilgan.

BMI va  magistrlik dissertatsiyalarining elektron kutubxonasi foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • BMI va dissertatsiyalarni sarlavhasi, ochqich so‘zlari, mualliflari va boshqa bibliografik tavsif elementlari bo‘yicha tezlikda qidirib topish;
  • Bir marotaba himoya qilingan mavzular bo‘yicha takroriy BMI va magistrlik dissertatsiyalarini bajarilishiga yo‘l qo‘ymaslik:
  • BMI va magistrlik dissertatsiyalarini bajarishda avval bajarilgan mavzular bo‘yicha obzorlar tayyorlash:
  • BMI va magistrlik dissertatsiyalari ma’lumotlar bazasi “avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi” ma’lumotlar bazasidagi o‘xshash matnlarni izlashga mo‘ljallangan “ekspert” tizimi bilan hamkorlikda foydalanilganda o‘xshash matnlarni qidirib topish;

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yaratilgan BMI va magistrlik dissertatsilalarining elektron kutubxonasi va o‘xshash matnlarni izlashga mo‘ljallangan ekspert tizimi tayyorlanayotgan BMI va magistrlik dissertatsiyalar sifatini keskin oshirishga hamda “ko‘chirmachilik”ning oldini olishga xizmat qilishiga umid qilamiz.

Ilmiy-ta’limiy resurslarning elektron kutubxonasini tashkil etish algoritmi

Ilmiy-ta’limiy resurslarning elektron kutubxonasini tashkil etish algoritmi