a8a17-thickbook

Eng koʹp varoqli kitoblar top 10 taligi

Bilasizmi? Dunyo shunday kitoblar borki siz ularni o`qib tugatishingiz uchun hafta, kun, oy hattoki yillar sarflashingizga to`g`ri keladi. Sababi bu kitoblar juda ko`plab varoqlardan iborat bo`lib, quyida sizga aynan shu kabi kitoblarning top 10 taligini keltirib o`tamiz.

10-oʹrin. 

Nomi: Poor Fellow My Country

Muallif:  Xavier Herbert 

Bu 850000 ta soʹzlardan iborat Avstraliyaning eng uzun kitobidir.

9-oʹrin.

Nomi: A Dance to the Music of Time 

Muallif:  Antoni Povel 

Angliyaliy mashhur yozuvchisi tomonidan yozilgan ushbu kitob asli 12 ta jilddan biri boʹlib, mazkur kitob 736 varoqdan iborat.

8-oʹrin.

Nomi: Klarissa

Muallif: Samuel Richardson

Ingliz tilida yozilgan eng uzun romanlaridan biri hisoblanadi. Asar yosh ayolning ayanchli taqdiridan hikoya qilib, asar 969000ta so`zdan iborat.

7-oʹrin.

 

Nomi: Sironia, Texas

Muallif: Madison Kuper

Kitob tahminan 1.1 million soʹzni oʹz ichiga olgan 1731 varoqdan iborat kitob boʹlib, kitob kichik shaharlardan biri Texas haqida hikoya qiladi.

 6-oʹrin.

 

Nomi: Gordana

Muallif: Mariya Jurik

Kroatiadagi birinchi mashhur ayol yozuvchisi tomonidan yozilgan asar 5200 varoqdan iborat.

5-oʹrin.

 Nomi: Mission Earth

Muallif: Ron Hubbard

 3992 varoqli ushbu kitobda qariyb 1,2 million so`zlardan foydalanilgan.

4-oʹrin.

Nomi: A la recherche du temps perdu

Muallif: Marsel Proust

Roman fransuz tilida bo`lib, unda 1,500000 ta so`z ishlatilgan.

3-oʹrin.

Nomi: Artamène 

Muallif: Madeleine de Scudéry

Top 3 talikning eng uzun yozilgan  kitobi bo`lib, u  2,1 millionta so`zdan iborat ekan.

2-o`rin.

Nomi: Marienbad My Love”.

Muallif: Mark Lich

Dunyodagi ingliz tilida eng uzoq vaqt mobaynida nashr etilgan 2.5 million so`zdan iborat kitobdir.

1-o`rin.

Nomi: The Blah Story

Muallif: Nigel Tom

Roman qariyb 3,277,227 ta so`z  7312  varoqdan iborat bo`lib, u eng uzun kitoblar 10 taligining eng yuqori o`rnidan joy egalladi.

FOYDALI: Bestseller kitoblar muallifi: u o’z «qahramoni» ni sevib qolgan!

Tayyorladi: Muazzam Abduqahhorova

 

Bitta fikr

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.