photo_2019-01-22_17-04-29

2019-yilda o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilishi rejalashtirilgan jahon adabiyoti namunalari ro‘yxati

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 18 mayda “Jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga hamda oʻzbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 376-sonli qaror chiqargan edi. Ushbu qarorga muvofiq «Yosh ijodkorlar kengashi» saytida vazirlik va idoralarning buyurtmalari asosida oʻzbek tiliga tarjima qilib, nashr etiladigan asarlar roʻyxati taqdim etilgan. Demak, 2019-yil quyidagi kitoblar nashr etilishi rejalashtirilgan:

1. Tomas Mann – “Doktor Faustus” (roman).

2. Teodor Drayzer – “Daho” (roman).

3. Hermann Hesse – “Marjon oʻyini” (roman).

4. Yasunari Kavabata – “Togʻlar ingrogʻi” (hikoyalar).

5. Viktor Gyugo – “Oʻlimga mahkum qilinganning soʻnggi kuni” (roman).

6. Oʻrxon Kamol – “72-kamera” (roman).

7. Valentin Rasputin – “Matera bilan vidolashuv” (roman).

8. Stefan Sveyg – “Qalb besabrligi” (esselar).

9. Gyote – “Hamroz dillar” (roman).

10. Xulio Kortasar – “Biz Glendani shunday yaxshi koʻramiz” (hikoyalar).

11. Ivan Bunin – “Xilvat xiyobonlar” (roman).

12. Kong Ji Yong – “Skumbriya” (qissalar).

13. Rafiq Shomiy – “Muhabbat dogʻi” (roman).

14. Efraim Sevela – “Nechun zaminda yoʻq jannat” (roman).

15. Krishan Chandar – “Hikoyalar toʻplami”.

16. Yunus Oʻgʻuz – “Aravadan yiqilgan bola” (qissalar).

17. Fridrix Dyurrenmatt – “Janob Missisipining nikohi” (hikoyalar).

18. Fyodor Razzakov – “Fidoyi umr qissasi” (roman).

19. Kristofer Bakli – “Arabistonlik Florens” (roman).

20. Roald Dal – “Bahaybat va mehribon devqomat” (hikoyalar).

21. Mualliflar jamoasi – “Xitoy bolalar adabiyoti” (hikoya va qissalar).

Foydali: Psixologlar maslahatiga ko’ra Fevral oyida qanday kitoblarni o’qish kerak?

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.