photo_2019-01-19_16-28-16

Angliyada kichkintoylar uchun ikki haftalik mutolaa dasturi

2019-yil Angliyaning Stanley kutubxonasi tomonidan  yangi ikki haftalik bolalar dasturi tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda.

Bu tadbir uchun kutubxona yetarli imkoniyat va joylar yaratish maqsadida o‘z hududini qayta loyihalashtirgan. Loyiha asosan uch toifa yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kutubxona tomonidan ular uchun turli xildagi dasturlar ishlab chiqildi. Xususan, ikki va undan kattaroq yoshdagi bolalar uchun Babies&Books (Bolalar&Kitoblar), 3-5 yoshdagilar uchun Learn&Play (o‘rgan&o‘yna) kabi loyihalar o‘tkaziladi.

Bundan tashqari o‘smir yoshdagi bolalar uchun har oy Books,Burgers,&Brews kitob to‘garaklari bo‘lib, kitobxonlar Stanleyning turli restoranlarida tanavvul qilish va eng yaxshi kitoblardan birini muhokama qilish uchun yi`g`ilishadi. 2019-yil muhokamasi uchun hammamizga ma`lum va mashhur bo‘lgan taniqli yozuvchi Shekspir pyesalari asosida yozuvchilar tomonidan yaratilgan Shekspirning zamonaviy romanlari turkumlari tanlab olindi.

To‘rtinchi yil mobaynida, bir guruh sarguzasht sevuvchi o‘quvchilar “The Book Riot Read Harder Challenge” da ishtirok etishmoqda. Bu yangi kitoblarni kashf qilish va mutolaa qilishning qiziqarli yo‘llaridan biri bo‘lib, ishtirokchilar yilning turli vaqtlarida o‘zlari o‘qigan kitoblarni muhokama qilish maqsadida ko‘rishishadi. Qatnashish istagida bo‘lgan kitobxonlar 2019-yil uchun uchrashuv vaqti va kitoblar ro‘yhati haqida kutubxona yoki Book Riot veb sahifasida to‘liq ma`lumot olishlari mumkin. Shuningdek, haftalik davomida qatnashuvchilar o‘zlari tomonidan yozilgan turli janrlardagi hikoyalarni guruhdagilarga taqdim etib, o‘zaro fikr almashishadi. Bu esa ularda yozuvchilik mahoratini oshirishga katta yordam beradi. Haftalik davomida shu va shu kabi qiziqarli loyihalar tashkillashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu kabi tadbirlar bolalarda kichik yoshdan boshlab kitobga bo‘lgan mehrni ortishi va dunyoqarashini kengaytirgan holda ularning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish uchun muhim bir vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi desak ajab emas.

Muallif: Muazzam Abduqahhorova
TATU 2-bosqich talabasi

4 ta fikr

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.