book-flowers

Aprel oyida o‘qish tavsiya qilinayotgan kitoblar

1. «The Stranger(Notanish)» , Stiven King

Ushbu asar voqealari sokin bir shaharlardan biri bo‘lgan Flintida sodir bo‘lgan mudhish jinoyat: 10 yoshli bolakayning vafoti bilan boshlanadi. Barcha guvohlar beysbol jamoasi murabbiyi, ingliz tili o’qituvchisi va namunali oila a’zosi Terri Maitlandga qotil sifatida qarashmoqda. Ammo Terrining boshqa shaharda bo‘lganligini isbotlovchi dalillar mavjud. Politsiyachilarni qiyin ahvolga solib qo‘ygan ushbu jinoyat voqealari ketma-ketligini kitobni o‘qib bilib olishingiz mumkin. Kutilmagan voqelikga asoslangan ushbu kitob detektiv kitob ishtiyoqmandlari uchun sevimli kitoblardan biriga aylansa ajab emas.

Image result for stephen king stranger
telegraph.com

2. «Jeyn, Unlimited (Chegarasiz)» , Kristina Kashor

Yosh Jeyn hayotida quvonchli voqealar juda kam edi. U kollejdan haydab chiqarildi va qahramonning yagona yaqini bo‘lgan xolasi Antarktida ekspeditsiyasida g’oyib bo’ladi. Aynan shunday qiyin vaziyatda bo‘lgan vaqtda Jeynni Kiran Tresh bahor bayramini birga o‘tkazish uchun o‘zning sirli oilasiga taklif etadi. Ushbu sayohat Jeynning hayotiga yangi sahifa ochishga sabab bo‘ladi.

pinterestcom

Ushbu asar muallifi Kashor butun dunyoga o‘zining taniqli debyuti «The Gifted» nomli romani bilan mashhur bo’lib, u tezda bestseller kitoblar qatoriga kirgan edi. Yozuvchining yangi asari ham ana shunday muvaffaqiyatli kitoblardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

3. «Sakkiz tog'», Paolo Konetti

Asar qahramoni Pietro katta shaharlardan birida yashaydigan tabiatan yopiq ya‘ni o‘z kechinmalarini oshkor qilavermaydigan insonlardan biri bo‘ladi. Onasi tibbiyot xodimi, otasi esa ma‘suliyatli kimyogarlardan biri bo‘ladi. Pietroning ota-onasi asli sevishib turmush qurgan baxtli oilalardan biri bo‘lib, keyinchalik ularning oilasida fojea yuz beradi.

Related image
Amazon

Kitob juda ko’p mamlakatlarda allaqachon eng ko’p sotilgan va ko’plab adabiy mukofotlarga sazovor bo’lgan. Ushbu asar kitobxonlarni befarq qoldirmaydi deb umid qilamiz.

4. «Uyimizda hamma narsa bor», Oreli Valon

Qariya Ferdinand yangi uyga ko’chib o’tadi. Doimo asabiy holatda yuruvchi Ferdinand qo’shnilari bilan muloqot qilishni istamaydi. Ammo qahramonimiz hayoti 11 yoshli kichkina qizcha sabab tubdan o‘zgarib ketadi.

O‘z iste‘dodiga ishonmagan Valon ushbu asarni dastlab internet sahifalariga joylaydi. Kutilmaganda muvaffaqiyatga erishgan asar, internetda ommalashib ketganidan so’ng, kitob sifatida bosib chiqariladi va 2017-yilda Valont Fransiyaning eng ko’p kitoblari o’qiladigan beshta mualliflaridan biriga aylanadi.. Hozir «Uyimizda hamma narsa bor» millionlab nusxada o’nlab mamlakatlarda nashr etilmoqda.

5. «Sevgi biografiyasi», Tsruya Shalev

Kitobning asosiy qahramoni doimo dissertatsiyani himoya qilish, farzand ko’rish, uy sotib olish va sevimli eri bilan ovqatlanish kabi oddiy narsalarni orzu qiladi. Dastlab, yaxshi martaba va oilaviy farovonlikdan boshqa hech narsa haqida o’ylamagan qahramonimiz hayoti otasining do‘stini uchratgandan so‘ng o‘zgarib ketadi .

Yozilganiga 15 yil bo‘lgan roman, uzoq vaqtdan buyon jahonga mashhur asar sifatida e’tirof etilib, «Spiegel» jurnali ushbu romanni so’nggi 40 yil ichidagi yozilgan 20 ta eng yaxshi romanlardan biri deb ta‘kidlaydii. 2007- yil Rossiyada romanni «Любовная жизнь» deb nomlangan ekran versiyasi chop etildi.

Ko‘plab mutolaa ixlosmandlari tomonidan yuqori baholanib kelayotgan ushbu kitoblar, kitobxonlarimizning ham sevimli kitoblariga aylansa ajab emas.

FOYDALI: Abdulla Qodiriy haqidagi roman muallifi nufuzli adabiy mukofotini qo‘lga-kiritdi

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.