A great way to learn Science!

Audio ertaklar yaxshilikka yetaklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Bolalik kunlarimda” loyihasining taqdimot marosimi o‘tkazildi.Ushbu loyiha Agentlikning tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi asosida Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda Agentlik bosh direktori Komil Allamjonov, Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Afshin Parsi, loyiha mualliflari Sardor Boboyev va Deyl Ahmadiy, OAV vakillari, ota-onalar hamda bolajonlar ishtirok etdi.

Loyihaning asosiy maqsadi – o‘zbek xalq ertaklarining audio talqinini yaratish orqali xalq og‘zaki ijodi namunalarini kelajak avlodga yetkazishdan iborat. Ushbu loyiha ana`naviy kitob mutolaasidan biroz chetga chiqib, innovatsion g`oya va texnologiyalardan foydalangan holda kichkintoy bolajonlarimizning kitob o`qish madaniyatiga sezilarli darajada ijobiy ta`sir ko`rsatish maqsadida tashkil etilgan.  Avvalari ko`pchilik qulog`iga chalingan ertaklar yaxshilikka yetaklar iborasi endilikda biroz o`zgacha talqin etilsa ajab emas.

Professional studiyada yozilgan audio ertaklar muntazam ravishda maxsus telegram kanalida muayyan vaqtda bepul uzatib boriladi.

Xalq ertaklarining audio talqinini yaratishda bir guruh mutaxassislar, jumladan, muharrirlar, tarjimonlar, musahhih va ruhshunoslar, ovoz rejissyorlari, aktyorlar hamkorlikda ish olib borishgan. Agentlik bosh direktori Komil Allamjonov

 “Kelajakda audio ertaklarni ommalashtirish va bolalarning chet tillarini samarali o‘zlashtirishini yo‘lga qo‘yish maqsadida ingliz tilida tayyorlash, shuningdek, jahon xalq ertaklarining audio talqinlarini yaratish ham ko‘zda tutilgan. Millatimizning ulkan madaniy merosini dunyo miqyosida targ‘ib qilish yo‘lida o‘zbek xalq og‘zaki ijodining qardosh davlatlar tilidagi audio ertaklar platformasini shakllantirmoqchimiz”.

Agentlik bosh direktori Komil Allamjonov 

Audio ertaklar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 fevraldagi qaroriga asosan Agentlik amalga oshirayotgan “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasi doirasida ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalar qatlami uchun ham mo‘ljallangani qayd etildi.

Taqdimot marosimida loyihaning ilk mahsuli – “Zumrad va Qimmat” ertagi artistlar ijrosida jonli ovozlashtirib berildi.  Ertakka ovoz berishda Dilnoza Kubayeva, Munisa Rizayeva, Oybarchin Bakirova, Zuhra Soliyeva va Rustam Rasulov ishtirok etdi.

 

Hozirda loyiha ta’sischilari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek va rus tillarida 5 ta ertak yuklangan. Bugundan e’tiboran har uch kunda bitta yangi ertak o‘zbek va rus tillarida bepul eshittirib boriladi. Loyiha orqali o‘zbek xalq ertaklarining audio talqinini yaratish va xalq og‘zaki ijodi na’munalarini zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalangan holda bolalarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, mutaxassislar, jumladan, muharrirlar, tarjimonlar, musahhih, ruhshunos, ovoz rejissyorlari va aktyorlar hamkorligida professional studiyada tayyorlanadigan audio ertaklar Telegram messenjeridagi @Bolalikkunlarimda maxsus kanali, youtube, facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda har 3 kunda, belgilangan vaqtda joylab boriladi.
Shuningdek, loyiha doirasida tayyorlangan audio disklar Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi do‘konlarda har oy yakunida (5ta o‘zbek, 5ta rus tilida) sotuvga chiqariladi. Ovozlashtirilgan 10 ta ertak oy oxirida diskka yozib chiqariladi.

FOYDALI: Mutolaada son muhimmi yoki sifat?

Manba: http://marifat.uz/ 

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.