nla

Avstraliya Milliy kutubxonasi

A

ssalomu alaykum, hurmatli saytimiz foydalanuvchilari!

O‘zining alohida tabiiy muhiti va geografiyasi bilan boshqa mintaqalardan ajralib turuvchi Avstraliya Milliy kutubxonasi haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Dastavval Avstraliyada qanday qilib kutubxonalar paydo bo‘ldi degan savolga javob topamiz.

Avstraliyada ilk kutubxonalar XIX asr boshlaridan boshlab vujudga kela boshladi. Aynan shu davrga kelib Avstraliyaga boshqa qit’alardan koloniya bo‘lib ko‘chib kelish boshlandi va bundan so‘ng o‘z o‘zidan mamlakatda nashriyotlar tashkil etila boshlandi. Natijada mamlakatda gazeta, jurnal va kitoblar bosib chiqarila boshladi. 1825-yilda Veslean missionerlik kutubxonasi Xobart shahrida ish boshladi. Bir yil o‘tib esa Sidneyda ommaviy kutubxona o‘z faoliyatini boshladi. Aynan shu sanadan boshlab Avstraliyada kutubxonachilik sohasiga asos solindi.

Zamonlar o‘tishi bilan ushbu mamlakatda soha rivojlanib bordi, buni quyidagi ma’lumotlar orqali ham ko‘rsak bo‘ladi:

  • hozirgi kunda Avstraliyada 1530 ta kutubxona mavjud.
  • 15000 dan ziyod ishchilar ushbu sohada faoliyat ko‘rsatmoqda.
  • kutubxonalar jami 112 mln foydalanuvchiga ega har oyda 9 mln foydalanuvchi kutubxonadan foydalanadi.
  • har oyda 9 mln foydalanuvchi kutubxonadan foydalanadi.

 

Yuqoridagi raqamlardan ham ko‘rinib turibdiki kutubxonachilik sohasi bu mintaqada juda ham yuksak saviyada yo‘lga qo‘yilgan. Sohaga bo‘lgan e’tiborni Milliy Kutubxonada yaratilgan sharoitlarda ham ko‘rishimiz mumkin.

Avstraliya Milliy kutubxonasi

 

Binoning tamal toshni 1966-yil 31-martda  Avstraliya bosh vaziri Ser Robert Menzies tomonidan qo`yildi. Kutubxona rasman 1968-yil 15-avgustda  Avstraliyaning navbatdagi bosh vaziri John Gorton tomonidan ochildi. Kutubxonaning loyihasi 1961-yilda  Sidneyning Bunning-Madden firmasi arxitektorlari Tom O’Mahoney va Noll Potter hamkorligida loyihalashtirildi. Kutubxonaning arxitekturasiga bosh vazir Ser Robert Menzies taklifi bilan ustunlar bilan boyitildi.

Kutubxona koordinatalari:
Manzil: Parkes Pl W, Canberra ACT 2600, Avstraliya
Telefon: +61 (0)2 6262 1111
Sayt: https://www.nla.gov.au/
E-mail/Murojaat: https://reftracker.nla.gov.au/reft100.aspx?pmi=fqCB0mkG7t

Loyihalaning boshida Milliy Kutubxona binosi 3ta yonma-yon binodan iborat bo‘lishi kerak bo‘lgan, lekin joy hajmini kengayib ketganligi sabab chizma bo‘yicha 3 ta emas bitta katta bino qurilgan.

Kutubxona hozirgi kunda o‘zining klassik binosi va qo‘shimcha qulayliklari bilan tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb qiladi. Inshoot o‘zining tovlanib turadigan oq dabdabali binosi  va ko‘l atrofida joylashganligi  bilan boshqa kutubxonalardan ajralib turadi. Kutubxona tashqarisi katta bog‘ bilan o‘ralgan. Unda dunyoning hamma burchagidan keltirilgan o‘simliklar, daraxtlar mavjud. Bog‘da turli gullar kolleksiyalari mavjud va bu gul tagida taxtachalarda gulning nomi va u qayerdan olib kelinganligi yozib qo‘yilgan.

Fondi: 9 million

1960-yil tashkil etilgan,1968- yil yangi binoga ko‘chirilgan.

Yiliga 558.000 odam tashrif buyuradi.

Budjeti: 66.6 mln $

Xodimlari soni: 444 ta

Web-sayti: nla.gov.au

Direktori: Anne Marie Schietvertlis.

 

Kutubxonaning ichki dizayni

Kutubxona ichi zamonaviy shaklda bo‘lib ichkariga yagona eshik orqali kiriladi. Kiraverishda marmar fayeni joylashgan bo‘ling uning chap qismida kitob do‘koni, o‘ng tomonida esa kutubxona tamaddixonasi mavjud. Kutubxonaning shisha ekskalyatorlari bizni  o‘quv zaliga olib chiqadi. Shifti juda ko‘p yorqin chiroqlar bilan shaxmat shaklida yoritilgan. Kirish va chiqish devorlariga mashhur rassom Mathilu Mategotining matoga chizilgan 3 ta surati osilgan.

O‘quv zali

O‘quv zali oldida kiyim va ortiqcha narsalarni qo‘yish uchun mo‘ljallangan xashamatli garderobi mavjud. O‘quv zalining devorlar vafli pishirig‘i shaklidagi yog‘och dekoratsiya va shunga mos ravishda yog‘ohdan yasalgan parta va  stul  bilan boyitilgan. O‘quv zalining klassik tarafdan Viktoriya kutubxonasining Domed o‘quv zaliga o‘xshab ketadi. Yog‘och panel, marmar ustunlar, xira ranglardan foydalanilganlik elementlari 60-yil o‘rtalari klassikasi modernizmining yorqin namunasidir. O‘quv zalida kompyuter kataloglari va vaqtli adabiyotlar, jurnal kichik kitoblar bilan bezatilgan javonlar bor.

Kutubxonaning pastki zalida yumshoq divan va kreslolar mavjud. Unda xohishga qarab istalgan holatda mutolaa qilishlari mumkin. Xonani bezatishda asabni tinchlantiradigan dekoratsiyalardan foydalanilgan.

Kutubxona tamaddixonasi

Tamaddixona 1-qavatda  joylashgan bo‘lib, «Bookplate» nomi bilan ataladi. Tamaddixona oynasi rangli shishadan aritektor Leonard French tomonidan yasalgan bo‘lib, xuddi shunday oyna Avstraliyaning boshqa mashhur binosi Milliy Viktoriya galleriyasining «Buyuk» zalida ham mavjud.

Kutubxonada quyidagi zallar mavjud bo‘lib, ularning aksaridan foydalanish pullik hisoblanadi.

  • Teatr zali
  • Training room (mashg’ulot zali)
  • IT Training room (avtomatlashgan mashg’uot zali)
  • Meeting room (majlislar xonasi) (avtomatlashgan mashg’uot zali)
  • Konferensiya zali
  • Ferguson xonasi
  • Brindabella xonasi

Kutubxona teatri

Kutubxonada teatr zali ham mavjud. U 4-qavatda joylashgan bo`lib, 297 kishi uchun mo‘ljallangan. Zalda spektakllar tomosha qilish, taqdimotlar o‘tkazish, ma’ruzalar qilish mumkin. Zalda barcha sharoitlar yaratilgan, proyektor, mikrofon, quloqchin va turli xil disklar VHS, DVD, SD, kassetalar mavjud. Bu xonadan foydalanish pullik hisoblanadi. Bir kishi uchun o‘rtacha 630$ ni tashkil qiladi.

Training room (mashg‘ulot xonasi)

Mashg‘ulot xonasi 4-qavatda joylashgan bo`lib, 20 kishi uchun mo‘ljallangan. Xonada kichik guruhlar uchun bahs-munozara o‘tkazishlari mumkin. Xona doska, proyektor, Apple Airplay planshetlari bilan jihozlangan.  4 soat yoki undan kam vaqt uchun 400$. Butun kun davomida bo`lsa 500$ ni tashkil qiladi.

IT Training Room (Avtomatlashgan mashg’ulot xonasi)

Avtomatlashgan mashg’ulot xonasi 4-qavatda joylashgan bo‘lib, bu xona 20-kishi uchun mo‘ljallangan. Xonada 20ta shaxsiy kompyuter, proyektor, doska va planshetlar mavjud. O‘rtacha 440$ ni tashkil qiladi.

Meeting room (Majlislar xonasi)

Bu xona 20 kishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oval stol shaklda. Bu yerda oddiy meeting uchrashuvlar, jamoa bo‘lib biror muammoni hal qilish uchun qulay. Xonada proyektor, doska va telekonferensiya uyushtiruvchi moslama mavjud. 4 soatgacha 400$ va kun bo‘yiga 490$ni tashkil qiladi.

Konferensiya xonasi

Xona 100 kishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, teatr xonasi stilliga o‘xshash. Doimiy noutbuk, PC, mikrofon (ovoz qaytaradigan va qaytarmaydigan), proyektor, quloqchinlar bilan to‘liq ta’minlangan. 4 soatdan kamvaqt uchun 630$ kun bo‘yi foydalanish uchun 790$ ni tashkil qiladi.

Fergyuson xonasi

Xona 40 kishi uchun mo‘ljallangan, ma’ruza zali hisoblanadi. Unda taqdimot, hisobotga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil qilish mumkin. Zalda noutbuk va proyektor va quloqchinlar mavjud. 4 soatdan kam vaqtda 480$ ni butun kun davomida 640$ ni tashkil qiladi.

Brindabella xonasi

Eng katta ochiq guruh uchrashuvlari va briefinglar uyushtirish mumkin. 150 kishi uchun mo‘ljallangan. Bu xonada texnik jihozlar yo‘q. 4 soatdan kam vaqtda 520$ ni butun kun davomiga 630$ ni tashkil qiladi.

Ha aytgancha, kutubxona o‘zining yirik kitob do‘koniga ega. Unda Avstraliya va xorijda nashr qilingan turli janrdagi kitoblar sotiladi. Kitob do‘koni nafaqat bosma, balki elektron nashrlarni ham sotish bilan shug‘ullanadi. Onlayn do‘konga o‘zingiz ham bir tashrif buyuring: https://bookshop.nla.gov.au/australian-books/home.do

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Avstraliya Milliy Kutubxonasi nafaqat o‘zining fondinig boyligi balki betaktor tashqi ko‘rinishi va marketing sohasiga bo‘lgan e’tibori bilan ham qolgan kutubxonalardan ajralib turadi. Bundan keyingi maqolalarimizda dunyoning boshqa qadimiy va zamonaviy kutubxonalari haqida ma’lumotlar berib borishga harakat qilamiz. E’tiboringiz uchun rahmat, bizdan yiroqlashmang!

 

Foto: Twitter

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.