1543503495_twilight-saga-new-moon-2880x1920

Bestseller kitoblar muallifi: u o’z «qahramoni»ni sevib qolgan!

Stefani Mayer qalamiga mansub “Zulmat ostonasidagi muhabbat” (Twilight-Sumerki)  va “Yangi oy” (New Moon)  asarlari barchamizga yaxshi tanish. Hech bo’lmasa ushbu asarlar asosida sur’atga olingan filmni ko’rganmiz. Xo’sh, emotsional xarakterga ega ushbu film yoki inqilobiy ruhdagi asarning muallif va uning kitoblari haqida nimalar bilamiz? Ushbu maqolani oxirigacha o’qing va o’z asarining qahramonini (Har xolda, yozuvchining turmush o’rtog’i «Zulmat ostonasidagi muhabbat» asarini o’qiganidan so’ng yozuvchini o’z asaridagi qahramonni sevib qolganligida «ayblaydi») sevib qolgan ijodkor haqida batafsil bilib olasiz.

Hayoti

Stefani Mayer 1973-yil 24-dekabrda tug’ilgan. U Hartford, Connecticut shaharlarida “Oqshom” (Twilight)kitoblarining eng ko’p sotilgan muallifidir. U birinchi kitobini tushidan ilhomlanib yozgan va agent Jodi Reamerning e’tiborini jalb qilgan, keyinchalik Jodi Reamer bilan uch-kitob chop etishga shartnoma tuzadi. Kitoblar 250 million ortiq nusxada  sotilgan va 37ta tillarga tarjima qilingan, keyinchalik shu kitoblar bo’yicha beshta hit bo’lgan film suratga olingan.

Yosh Stephene Meyer

Meyer tug’ilganidan to’rt yil o’tib, uning oilasi Arizonaga ko’chib keldi. Oilasi katta bo’lib oltita farzandning ikkinchisi sifatida Meyer yosh aka-uka va opa-singillarga g’amxo’rlik qilardi, u kitob o’qishga juda qiziqardi, ayniqsa klassik mualliflardan Jene Austen, Charlotte Bronte va Margaret Mitchelllarning muxlisi edi. Meyer va uning ukalari faqat yakshanba kunlari televizor ko’rishardi.

Meyer a’lochi talaba bo’lgan. Maktabni 1992-yil tugatib, yuqori ko’rsatkichlari bilan  milliy Merit stipendiyasiga loyiq ko’riladi. Stipendiyadan foydalanib keyinchalik u Brigham Young Universitetiga o’qishga kirgan.

Nikohi va oilasi

1996-yilda Meyer o’qish davomida yoshligidagi do’sti Christian «Pancho» bilan uchrashib qoladi va bir yil o’tmay oila qurishadi, Meyer o’sha payti 21 yoshda bo’lgan. Meyer Brigham Young Universiteti 1997- yil tamomladi va o’sha yili u o’zining birinchi o’g’li Gabni tug’adi. Keyinchalik yana ikki farzand Set va Eli larni dunyoga keltirdi. Christian audit kompaniyasida ishlardi, Meyer esa uyda farzandlarining tarbiyasi bilan shug’ullana boshladi.

Stephene Meyerning yomon odatlari yo’q edi: u spirtli ichimliklar ichmasdi va chekmasdi. Meyer ham farzandlarining tarbiyasi bilan shug’illanar edi ham kitob yozardi. 3 oy deganda u 1500 sahifali kitobini tugatgandan keyin yozuvchi o’zining qo’lyozmalarini turli nashriyotlarga taklif qila boshladi. Avvaliga internet kompaniyalari uning ishlarini qabul qilmadi lekin Meyer umidsizlikka tushmadi. Uning ishlari qachondir o’z muhlislarini topishini bilardi. Meyer “Kichik”, “Qo’ng’ir rang” kitoblarini chiqarishga qaror qildi, keyinchalik ular mashhur bo’lib noshirchilar Meyerga 3 ta yangi kitob uchun $750000lik shartnoma taklif qilishdi.

2010- yilda Forbesning yulduzlar qatoridan 59- o’rinni egalladi va u o’sha yili $40 mln ishladi.

Meyerning ijtimoiy tarmoqda rasmiy saytlari yo’q, faqatgina Inatagram va Facebookda muhlislari uchun sahifalari bor.

Stephe Mayer kitoblari

U 29 yoshida tushida ko’rgan birinchi kitobi haqida eslashicha: yashil o’tloqda ikkita yosh juftlikni ko’radi va yosh vamper yigit ko’zlari to’la sevgi bilan qizni izlardi. Erta tongda uyqudan turib Meyer muhabbat haqida roman yozishi kerakligini angladi va shu tariqa uning birinchi kitobi tug’ildi. Bu kitob juda mashhur bo’ldi va keyinchalik bu kitobga film ham suratga olindi va u ham juda mashhur bo’ldi. Butun dunyo bo’yicha 2008- yilda kinoni premyerasi bo’ldi. Meyerning 1-romani 2005- yilning kuzida chop etildi. Kitob kitobxonlar orasida tezda mashhur bo’lib ketdi, nashriyotchilar qo’shimcha kitoblar uchun buyurtma berishdi. Shundan keyin tez fursatda “Vampir” ning birinchi qismi juda yaxshi sotildi va u eng yaxshi sotilgan kitob deb tan olindi.

Yangi muvofaqiyatlaridan zavqlanib Meyer muhlislari uchun har yili yangi kitob chiqaradigan bo’ldi.

  • 2005 – Zulmat ostonasidagi muhabbat (Twilight)
  • 2006 – Yangi oy (New Moon)
  • 2007 – Tutilish (Eclipse)
  • 2008 – Ajratmoq (Breaking Dawn)
  • 2008 – To’da (The Host)
  • 2009 – Yerdagi jahannam (Hell on Earth)
  • 2010 – Bree Tannerning qisqa ikkinchi hayoti (The Short Second Life of Bree Tanner)
  • 2011 – Oqshom hikoyasi (The Twilight Saga: The Official Illustrated Guide)
  • 2015 – Hayot va o’lim (Life and Death: Twilight Reimagined)
  • 2016 – Kimyogar (The Chemist)

Hozirgi kunda

Meyer hozirgi kunda yangi kitoblar ustida ishlamoqda. Masalan «Rook» kitobini “Hannibal” “Supernatural”, “Blindspot”hikoyalarini bir biriga bog’langan holda yozishini ma’lum qilgan. Starz telekanali Meyerni Lionsgate studiyasiga ishga taklif qildi.

2017- yilda Meyerning “Ruh” va “Izlovchi” nomli yangi romanlari haqida malumotlar bor edi.

Yozuvchi kelajakdagi rejalari bilan o’rtoqlashdi va “Mermaidlar”, “Arvohlar” va “Teleportlar” haqida  kitoblar yozmoqchiligini e’lon qildi.

FOYDALI: Eng koʹp varoqli kitoblar top 10 taligi

Tayyorladi: Latofat Sherzodovna

2 ta fikr

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.