assesment

Bilimni baholashning interaktiv usullari

Sahifada jahonning turli ta’lim muassasalarida talabalarning bilimini baholashda qoʻllaniladigan interaktiv vositalar tahlil qilingan. Ularning xususiyatlari va imkoniyatlari, qoʻllanish tartiblari ko’rib chiqilgan.

Bolon deklaratsiyasi amalda boʻlgan chet el mamlakatlari tajribasi asosida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’lim tizimiga yangi usullar kirib kelmoqda. Bu holat nafaqat oʻqitishning yangi usullari shakllanishi, balki bilimni baholash jarayonlariga ham ta’sir etmoqda. Ma’lumki, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash ta’lim berish jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Bunda asosan har bir talabaning individual koʻrsatkichlari aniqlanadi. Ya’ni baholash jarayoni turli talabalarning koʻrsatgan natijalarini taqqoslashni koʻzda tutmaydi. Bilimni baholashning asosiy maqsadlaridan biri ta’lim oluvchining oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga asoslanib, oʻqituvchining ta’lim berish natijalarini tahlil qilgan holda, unga keyingi oʻqitish jarayonini qanday tashkil qilish boʻyicha toʻgʻri qaror qabul qilishga qaratilgan.

Hozirda baholashni shakllantiruvchi turli interaktiv vositalardan foydalanilmoqda. Shunday vositalardan biri:

Quizalize

Bu talabalar oʻrtasida test va viktorinalar oʻtkazishga moʻljallangan ajoyib vosita. Uning yordamida oʻqituvchi dars jarayoni yoki uyga vazifani qiziqarli topshiriqlar koʻrinishida tashkil etishi mumkin. oʻqituvchi baholash natijalarini tezda koʻrishi va har bir talabaning kuchli va kuchsiz jihatlarini osongina aniqlashi mumkin. Viktorinani yaratish jarayoni juda sodda. Bunda saytdan roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, “Mening viktorinalarim” boʻlimida “Yangi viktorina tuzish” tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi. Viktorina savol va javoblarini tegishli maydonlarga toʻldirib boʻlgach, uni guruhga sinov tariqasida taqdim etiladi. Har bir savoldan keyin talabaning belgilagan toʻgʻri javobi uchun ballar beriladi va u talabaga koʻrsatiladi. Talabalar uni tahlil qilishi yoki yoʻl qoʻygan xatolarini koʻrishlari mumkin.

Kahoot

Kahoot dasturi turli multimedia elementlari – matn, surat va videolardan foydalanib, talabalar oʻrtasida onlayn test, debat va soʻrovnomalar oʻtkazish imkoniyatiga ega. Bunda talabalar istalgan koʻrinishdagi qurilmalardan foydalanishlari mumkin.

Har bir savolga rasm yoki videoni biriktirish hamda bajarish vaqtini belgilash mumkin. Bu oʻyin koʻrinishidagi test jarayonini oʻtkazishda proyektordan foydalaniladi. oʻqituvchi umumiy ekranga savol va javob variantlarini chiqaradi.

Talaba esa kompyuter, planshet yoki oʻz mobil telefoni ekranida faqat variantlarni belgilaydi.

Savollarga qanchalik toʻgʻri va tez javob berilsa, shuncha koʻp ball beriladi. Bu orqali qaysi talaba mustaqil va qaysi biri yonidagi kursdoshidan koʻchirayotganini aniqlash oson. Test soʻngida umumiy natijalar ekranga chiqariladi. Har bir talabaning u yoki bu savolga bergan javobi doimiy saqlanadi va istalgan vaqtda har bir testing natijalarini Excel jadvali shaklida yuklab olish mumkin. Kahoot’ning yana bir jihati shundaki, undagi tayyor test topshiriqlaridan foydalanib, oʻz testlaringiz sonini koʻpaytirishingiz mumkin.

Flipquiz

Bu onlayn vosita “Mening oʻyinim” («Своя игра») ga oʻxshash tartibdagi interaktiv savollar oʻyinini tuzishga moʻljallangan.

Undan ham individual topshiriqlar, ham guruhli oʻyinlarni tashkil qilishda foydalanish mumkin.

Socrative

Talabalar bilan qiziqarli oʻquv mashgʻulotlari va didaktik oʻyinlar tashkil qilishga moʻljallangan. Bu dastur ham juda sodda va foydalanish qulay. Internet yordamida istalgan qurilmadan kirish imkoniyati mavjud. Savollarni uch xil koʻrinishda tuzish mumkin: bir necha javob variantlarini tanlash, toʻgʻri/notoʻgʻri variant va qisqa yozma javob kiritish. oʻqituvchi savollar va javoblarni kiritadi. Savollarga rasmni biriktirish mumkin. Umumiy natijalarni Excel jadvallari koʻrinishida kompyuterga yuklash mumkin. Socrative’dan foydalanish sharti 2 xil: erkin va pulli. Erkin foydalanishda talabalar soni 50 nafarga cheklangan.

TodaysMeet

Talabalar bilan chatlar tashkil etish uchun qulay vosita. Undan foydalanish juda qulay. Uning yordamida u yoki bu mavzuda talabalar bilan muhokamalar tashkil etish mumkin. Foydalanish uchun dastlab roʻyxatdan oʻtgach, virtual auditoriya yaratiladi va vaqt chegarasi belgilanadi. Bu auditoriyaning URL havolasini talabalarga uzatib, debatni boshlash mumkin boʻladi.

Plickers

Onlayn dastur oʻqituvchilarga real vaqt rejimida talabalardan javob olish imkonini beradi. Ularga maxsus QR-kod tushirilgan qogʻozlar tarqatiladi. Bu kodlarning har bir tomoniga javob variantlari harflari yozilgan.

Talabalar ekran yordamida savol bilan tanishtirilgach, ulardan tegishli javob variantni yuqoriga tutib, QR-kodni koʻrsatish talab etiladi.

oʻqituvchi Plickers tizimi bilan sinxron ishlaydigan telefon yordamida kodlarni skaner qiladi va talabalardan qay biri toʻgʻri javob berishini oʻz ekranida kuzatib turadi.

Hozirda bunday tizimlarning amalda qoʻllanilishi talabalarni dars mashgʻulotlariga yanada chuqurroq tayyorlanishga undamoqda. Professor-oʻqituvchilar ham oʻz navbatida, olingan nazorat tahlili natijasida har bir talabaga oʻzlashtirishi sust boʻlgan mavzular boʻyicha tushuntirish va individual topshiriqlar berishi yaxshi natijalar bermoqda.

Yuqorida sanab oʻtilgan interaktiv dasturlar qatorida yana bir nechta onlayn tizimlar mavjud. Bular: Formative, Quizziz, GoSoapBox, TriventyPoll Everywhere, The Answer Pad

Bu tizimlarning qiyosiy jadvalini ko‘rib chiqamiz

Uskuna Turi Maqsadi Vazifasi Platforma Foydalanish Afzalliklari Kamchiliklari
Quizalize Web sayt oʻzaro muloqot,

Taqdimot oʻtkazish,

Texnologiyani qoʻllash

Maqsadli praktika,

Baholash

Telefon, Planshet, ShK Bepul, qisman pulli Real vaqtdagi natijalar,

Baholashning qogʻozsiz shakli

 

Internet tarmogʻi,

Cheklangan savol turlari

Kahoot Web sayt Kritik qaror qabul qilish,

Axborotni qayta ishlash

Xotirani mustahkamlash

Maqsadli praktika,

Baholash,

Baxslar oʻtkazish,

Soʻrovnomalar

Telefon, Planshet, ShK Bepul Real vaqtdagi natijalar,

Grafika va videodan foydalanish,

Juda sodda interfeys

Tayyor testlardan foydalanish

Internet tarmogʻi,

Ayni talabani doimiy kuzatib borish imkoniyati yoʻqligi,

Savol va javoblar matni chegarasi

Socrative Web sayt Guruhda ishlash,

Mustaqil tahlil,

Qaror qabul qilish

Baholash,

Auditoriyani boshqarish

Telefon, Planshet, ShK Bepul Turli savol turlari,

Qiziqarli viktorinalar yaratish

Talaba haqida uzoq muddatli tahlil olish uchun oʻqituvchi har bir testni qoʻlda umumlashtiradi
TodaysMeet Web sayt Hamkorlikda ishlash,

Ijtimoiy tarmoqda ishlash

Unumdorlik,

Auditoriyani boshqarish

Telefon, Planshet, ShK Bepul Bahslarni oʻtkazish,

Koʻpfunksiyali

Chatda ba’zi belgilarni ishlatish taqiqlangan
Plickers Web sayt Mustaqil tahlil,

Xotirani charxlash,

Qaror qabul qilish

Maqsadli praktika,

Baholash

Android, iPhone, iPad Bepul Mobil texnologiyaga bogʻlangan kodlangan javob varaqalari talabalarni qiziqishini orttiradi Savollar faqat koʻpvariantli va ha/yoʻq koʻrinishda,

Qogʻoz kartochkalarni chop etish,

Javoblarni skanerlashda vaqt yoʻqotish

Formative Web sayt Mustaqil tahlil Baholash,

Auditoriyani boshqarish

Telefon, Planshet, ShK Bepul Zamonaviy dizayn,

Sodda va mukammal savollar

Topshiriqlar faqat individual foydalanish uchun
GoSoapBox Web sayt Zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash,

Toʻgʻri savol tuzish

Taqdimot,

Baholash,

Auditoriyani boshqarish

Telefon, Planshet, ShK Bepul, qisman pulli Talabalar bilimini tezkor aniqlash va ularga izoh berish,

Sodda va tushunarli

Tizimdan foydalanish yoʻriqnomasini yanada mazmunliroq tuzish lozim
Poll Everywhere Web sayt Mustaqil tahlil,

Qaror qabul qilish

Taqdimot,

Baholash

Telefon, Planshet, ShK Bepul, qisman pulli Istalgan platformada ishlaydi,

Soʻrovnomalar yodamida bahslar oʻtkazish

Hisobotlarni koʻrish va baho qoʻyish pulli hisoblanadi
The Answer Pad Web sayt Xulosa qilish,

Kritik fikrlash

Baholash Telefon, Planshet, ShK Bepul, qisman pulli Joriy va yakuniy baholash Taqdimot va topshiriqlarga fikr qoldirish imkonsizligi

 

Oʻqituvchining bunday onlayn servislardan foydalanishi berilgan nazariy bilimlarni talabalar tomonidan oʻzlashtirilishini va ularning materialni tushunish darajasini qisqa vaqt ichida aniqlashga yordam beradi. Agarda shu kabi texnologiyalarning baholash tizimini tahlil qilib, uni baholashning reyting tizimiga kiritilsa, talabalarning oʻquv mashgʻulotlaridagi ishtirokini yanada faollashtiradi. Bunday vositalar yordamida dars mashgʻulotlarini qiziqarli va quvnoq ravishda olib borish hamda talabalarni baholashni interaktiv usulda tashkil qilish mumkin. Shu oʻrinda mobil telefon va planshetlar dars jarayoniga toʻsqinlik qiluvchi emas, balki yordamchi qurilmalar vazifasini bajaradi.

3 ta fikr

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.