getty_632858796_200014172000928038_362130

Bill Geyts va Uorren Baffetlarning muvaffaqiyat kaliti

Eng muvaffaqiyatli insonlarning umumiy bo`lgan odatlarini bilasizmi?

– Ular ko`p mutolaa qiladilar.

Uorren Buffetdan muvaffaqiyati kaliti nimada ekanligini so`rashganda u yonidagi kitoblarni ko`rsatib quyidagicha javob beradi:

Har kuni 500 varoq kitob mutolaa qiling. Mana qanday bilim ishlaydi. Buni barchangiz qila olasiz, garchi bu imkoni bor ish bo`lsa-da, ko`pchilik bunday qilmasligiga kafolat beraman.

Warren Buffett dastlab o`z biznesini boshlagan vaqtlari  600 va 1000 varoq kitob mutolaasi bilan shug`ullangan, hozir ham u vaqtining 80 % ini biror bir narsa o`qish uchun sarflaydi.

  • Bill Geyts yiliga 50 ta kitob o`qiydi.
  • Mark Kuban kuniga 3 soatdan ortiq vaqt mutolaa qiladi;
  • Elon Mask kitobsevarlardan biri bo`lib, undan raketkani qanday yaratilgani so`ralganda. U “Men kitob o`qiyman” deb javob beradi.
  • Mark Zukerberg 2 haftada bitta kitob o`qib tugatadi;
  • Oprah Winfrey har oyda o`zining sevimli kitobini Book Club a`zolariga o`qish va muhokama qilish tafsiya etadi;

Muvaffaqiyatga erishgan insonlarning 1200 tasi orasida o`tkazilgan so`rovnomada , ular kitob o`qishni o`z sevimli mashg`uloti ekanligini ta`kidlashgan.

Ammo muvaffaqiyatli insonlar shunchaki kitob mutolaa qilmaydi, ular biror bir nima yangilik beruvchi, dunyoqarashni kengaytirishga yordam beradigan kitoblarni tanlay bilishadi. Ular mutolaa qilish bilim va ta`lim olish uchun yo`l ochib berishiga ishonishadi.

Muvaffaqiyatli insonlar ilmiy kitoblar va roman va jurnallarni muntazam mutolaa qiladilar. Muvaffaqiyatli insonlarning maktab yoki universitetdan yiqilganligi haqida ko`plab misollar bor. Ammo ular hech qachon ta`lim olishdan to`xtashmagan hamda mutolaa ularning muvaffaqiyati kalitiga aylangan.

FOYDALI: Ijtimoiy tarmoqlardan voz kechib, yiliga 200 ta kitob o‘qish mumkinligiga ishonasizmi?

TAYYORLADI: Abduqahhorova Muazzam

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.