cry woman

Dunyoni yig‘latgan 11 kitob

Erix Mariya Remark «Uch o‘rtoq»

Erix Mariya Remark XX asrning birinchi yarmida o‘z asarlari bilan adabiyot osmonida yashindek chaqnagan buyuk nemis yozuvchisidir. Uning «Uch o‘rtoq» nomli asari o‘sha yillarning eng mashxur romanlaridan biriga aylangan. Romanda murakkab jumlalar deyarli yo‘q. Gaplar ixcham, lo‘nda tuzilgan. Bitta-ikkita so‘zdan iborat gaplarda katta fikr jamlangan. Unda ikkita bir-biridan mutlaqo farqli bo‘lgan sevgi tarixi hikoya qilinadi. Ularni doimo o‘tmish arvohlari va urush xotiralari ta‘qib qilib yuradi. Hikoya o‘lim bilan bog‘liq voqealarni qamrab olganiga qaramay kitob hayotga muhabbat bilan to‘lib toshgan.

Daniel Keyes «Algernon uchun gullar»

1966-yil Daniel Keyes tomonidan yozilgan ushbu asar adibning eng mashxur kitoblaridan biriga aylandi. Hikoya qahramoni Charli Gordan aqlan zaif bo‘lib, do‘stlari tomonidan ko‘plab mazaxlanardi. Ammo uning ustida o‘tkazilgan neyroxirurgik jarrohlikdan so‘ng, uning hayoti mutlaqo o‘zgarib, uni dunyoning eng aqqli insonlaridan biriga aylanishiga sabab bo‘ldi. Hikoya davomini o‘qish mobaynida misli kutilmagan voqealar ketma-ketligiga guvoh bo‘lasiz.

Annabal Pitcher » Mening opam «Mantelpiece «da yashaydi

Hayotida ko‘plab oilaviy muammolar bo‘lishiga qaramay, Rojer ko‘z yosh to‘kmaydi, u bir kun kelib barchasi yaxshi bo‘lishiga ishonib yashaydi. Opasi terroristlar tomonidan portlab yuborilishi oilasining parchalanishiga sabab bo‘ladi. Keyinchalik otasi ichkillikka ruju qo‘yadi, onasi esa ularni tashlab ketadi. Endigina 10 yosh bo‘lgan bolakay uchun bu og‘ir zarba bo‘lishi tabiiy hol abatta. Ushbu oilaning hayoti kitobxonlarni beixtiyor ko‘z yosh to‘kishga undab, ularga chuqur achinish hissini uyg‘otadi.

Jon Boyn «Chiziqli pijamadagi bola»

Jon Boynning «Chiziqli pijamadagi bola» romani bosh qahramoni Bruno 9 yosh bo‘lsa-da, boshqalardan farqli fikrlaydigan, o‘z qarashlariga ega bo‘lgan bola bo‘ladi. Uning otasi, nemis harbiy ofitseri, bolalarga zamonaviy tarixni , nima yaxshi va nima noto’g’ri ekanligini tushunishga o’rgatadigan repetitorni yollaydi. Ammo Bruno o’qituvchining gaplariga umuman qiziqmaydi, u sarguzashtlarni yaxshi ko’radi va ba’zi odamlar boshqalardan nimasi bilan farq qilishini umuman tushunmaydi. Do’stlarni qidirib, bola uy atrofidagi hududni «o’rganishga» boradi va kontsentratsion lagerga tushadi, u yerda o’z tengdoshi – yahudiy bola Shmuel bilan uchrashadi. Bruno Shmuel bilan do‘stlashishiga oilasi qarshi bo‘lishini bilgani uchun u bilan do‘stligini yaqinlaridan yashiradi. U mahbusga ovqat olib keladi, u bilan o’ynaydi. Otasi uni lagerdagi asirlardan nafratlanishga majbur qila olmaydi. Bruno yana bir yangi do’stining otasini topishga yordam berishga qaror qiladi, yo’l-yo’l ko’ylak kiyib, lagerga yo’l oladi. Ushbu hikoyaning oxiri achinarli, bolalarni gaz xonasiga yuborishadi va Brunoning ota-onasi nima bo’lganini faqat kiyim qoldiqlarini ko‘rgandan so‘ng anglaydilar. Ushbu hikoya, hamdardlikni rivojlantirish kerakligini o’rgatadi. Ehtimol, bosh qahramon kabi dunyoga qanday qarashni o’rganishimiz kerak, shunda odamlar dahshatli xatolarni takrorlamaydilar.

Jenni Daunxem «Men tirik ekanman»

Asar 16 yoshli jiddiy kasallik sababli o‘limi yaqinlashib borayotgan Tesse Skot ismli qizcha haqida bo‘lib, Tesse o‘limidan oldin qilish uchun noodatiy ishlar ro‘yhatini tuzadi. Asarni o‘qigan har bir kitobxon hayotning har bir onini qadrlashni, hayot va vaqt qadrini anglab yetadi.

Stefan Zveig «Yurakning sabrsizligi»

Kitob umidsiz bir muhabbat tarixi haqida bo‘lib, unda nogiron bir qiz ofitserni sevib qoladi. Ammo yigit qizga faqat achinish hissi bilan qaraydi. Biroq qizning sevgisi shunchalik kuchlikki, u yigitdan hech narsa kutmagan holda, bir kun kelib so‘g‘ayish umidi bilan yashaydi.

Mark Levi «Soyalar o‘g‘risi

Hikoya qahramoni bo‘lgan bolakay noodatiy qobiliyatga ega bo‘lib, u soyalarni tinglash va ularni o‘g‘irlash, shuningdek, ularga yordam bera olish kuchiga ega bo‘ladi. Keyinchalik shifokorlik kasbini tanlagan asar qahramoni ushbu qobiliyati orqali ko‘plab bemolarni davolashga erishadi, ammo u o‘ziga bu bilan yordam bera olmaydi.

Erik Emmanuel Shmitt «Oskar va pushti xonim«

Oskar ismli bolada saraton kasalligi aniqlangandan so‘ng, kasalxona uning uyiga , enaga Pushti xonim esa, uning ikkinchi onasiga aylanadi. Oskarning yashashiga sanoqli kunlar qolganini bilgach, Pushti xonim o’yin o’ynashni taklif qiladi. Bunga ko‘ra ular har bir kunni 10 yil deya hisoblashadi. Natijada, u atigi 12 kun ichida o’sib-ulg’ayish, sevish va hatto keksayishga ulguradi.

Markus Zusak «Kitob o’g’risi«

Kichkina Lizel taqdirning o‘g‘ir sinovlariga duch keladi. Otasidan ayrilganidan so‘ng, onasi uni va akasini bolalar uyiga beradi. Yo’lda akasidan ham ajralgan qizcha kitob topib oladi. Shundan keyin o’qish uning yagona quvonchiga aylanib qoladi.

Ken Kesey «Kakku uyasi ustidan»

Qamoqxona va ruhiy kasalliklar klinikasidan birini tanlashi kerak bo‘lgan qahramon ulardan ikkinchisini tanlaydi. U yerda u tizimga qarshi urush e’lon qiladi va oxirigacha unga sodiq qoladi. Ushbu voqea qo’pol, ammo halollik bilan jinnilikning chirkinligini va aql bilan aqldan ozish o’rtasidagi chegara qanchalik xiralashganligini aks ettiradi.

Anna Frank «Anna Frankning kundaligi»

Anna Frank 15 yoshida asirlar lagerida vafot etadi. U 1942-1944-yillarda 13-yoshida sovg‘a qilingan kundaligiga yozishni boshlaydi. Kundalikda o’smirning hayoti, his-tuyg’ulari va kelajak haqida orzu – kasb, sevgi, oilaviy hayot haqida yozilgan. Ushbu jonli va og’riqli haqiqiy kitobni o’qish juda qiyin, ammo siz tariximizning eng qorong’u sahifalarini hech qachon unutmasligingiz kerak.

Manba: ЛЕПРА+

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.