Central Asia – 2019 XIII Xalqaro konferensiyasi

24-26 aprel kunlari Urganch shahrida “Central Asia – 2019”: “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda kutubxonalar, oliy ta’lim muassasalari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar faoliyatining amaliy natija beradigan va samarali hamkorligini kuchaytirish hisoblanadi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil qilinadigan mazkur konferensiyada kutubxonalar, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar rahbarlari va mutaxassislari, olimlar, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, AKT mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etadilar.

Konferensiyadan ko‘zlangan maqsadlar:

  • axborot texnologiyalari asrida ta’lim berishning ilg‘or usullari va vositalari orqali yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish;
  • elektron axborot resurslarini shakllantirish, kutubxona tizimlarini yaratish hamda axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, muzeylarda ulardan foydalanish muammolari bo‘yicha samarali tajriba almashishga ko‘maklashish.
  • axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatish sharoitlarida foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini rivojlantirishga ko‘mak berish.
  • axborot-kutubxona (avvalo, elektron) resurslardan birgalikda foydalanuvchi ijodiy birlashmalar/konsorsiumlar yaratishga, axborot-kutubxonachilik ishida yangi axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil qilish va ularning ishini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish.
  • kutubxonachilik va ta’lim muassasalarining Internet, elektron ma’lumotlar bazalari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, ularga erkin kirishni ta’minlash hamda ularni mazmunan boyitishga qaratilgan harakatlarni faollashtirish.

Konferensiyaga maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida topshirilishi mumkin.

Maqola topshirish uchun ariza yuborish

Ro‘yxatdan o‘tish badali haqida

Maqolalarga talablar

Barcha savollar bo‘yicha konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasiga murojaat qilishingiz mumkin:

Faks: +99871 239-16-58
Telefon: +99871 239-41-18, +99871 232-83-90
E-mail: conf2019@natlib.uz
Internet-sayt: www.natlib.uz

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.