1 (2)

Chexiya Milliy texnika kutubxonasi

Chexiya milliy texnika kutubxonasi dastavval Nemis texnika universitetida tashkil topgan, keyinchalik esa Chexiya va Germaniya texnika universitetlari uchun yagona kutubxona bo’lib qolgan. Hozirgi kunda texnika kutubxonasi bilan bir qatorda Praga universiteti kutubxonasi, shahar ommaviy kutubxonasi filiali, kitob do’koni va kafe bitta binoda faoliyat yuritmoqda.

Bu noodatiy (yer ustida shisha va betondan yetti qavat va yer tagida olti qavat) va me’morchiligi yuzasidan kattagina kutubxona ramziy ma’noda 09.09.09 da ochilgan. Chexiya me’morchiligining asosiy binolaridandir. Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng zamonaviy kutubxona sanaladi.

Kutubxona koordinatalari:
Manzil: Technická 2710/6, 160 80 Praha 6-Dejvice, Chexiya
Telefon: (+420) 232 002 535
Sayt: https://www.techlib.cz/
E-mail: info@techlib.cz

Kutubxona dastavval loyiha paytida “arxitektura va kutubxonashunoslik ishi bo’yicha ochiq darslik” g’oyasini olib chiqqan. Bu g’oyaning amaldagisini ko’rishingiz mumkin. Barcha beton devorlarda muhandislik kommunikatsiyalarini ko’rasiz, hattoki pollari ham turlicha ranglarda. U yerdagi og’irlik kuchining o’zgarishiga qarab pollar ham ko’k, qizil, havorang, sariq, to’q sariq, yashil kabi ranglarga bo’yalgan.

Kutubxona foydalanuvchilarga 24 soat xizmat ko’rsatadi: soat 10.00 dan 24.00 gacha asosiy xonalar ishlasa, 00.00 dan ertalabgacha tungi o’quv zali ishlaydi, bu yerga ishlaydigan talabalar ko’p  kelishadi.Kutubxona yuqori texnologiyalardan foydalanadi, eng yangi texnika foydalanuvchilarga qulaylik uchun xizmat qilmoqda.

Hamma texnologik jarayonlar avtomatlashtirilgan. Binoda bir nechta Wi-Fi tarmoqlari (Eduroam xalqaro akademik tarmog’i bilan birga) ishlab turibdi. Hamma joyda elektr tarmog’iga ulash uchun rozetkalar bor.

Kirish hamma uchun mumkin, kelganda ro’yxatdan o’tish shart emas. Qachon fonddan kitob olib ketilsa, shunda kerak bo’ladi. Bir yillik abonement bo’lish uchun talabalar 50 kron to’laydi, qolgan toifa kishilar esa 100 kron berishi kerak. Ko’p kitoblar rus tilida, shuningdek, boshqa tillarda chop etilgan adabiyotlar alohida jamlanmaga to’planmagan va butun fondda joylashgan. Kutubxonadagi jami resurslar soni 1.5 million ta. Chexiya milliy texnika kutubxonasi mamalakatdagi texnik adabiyotlar eng ko’p jamlangan kutubxonadir. Foydalanuvchi Yevropa ittifoqi davlatidan birining kutubxonasidan turib kitob buyurtma qilsa, ikki kunda bu kitob foyalanuvchiga yetkaziladi.

Kutubxonaning foydalauvchilarga xizmat qilishga yuqori darajada mo’ljallangani hayratga soladi. Katta-katta maydonlar, qulay yumshoq mebellar, ko’p miqdordagi informatsion kiosklar va internetga ulangan kompyuterlar foydalanuvchilarga xizmat qilmoqda.

Yuqori qavatda binoning o’rtasida shishadan qilingan veranda bor, bu yerda foydalanuvchilar ochiq havoda ishlashlari mumkin.

Kutubxonaning turli joylarida sariq metall javonlar ko’rinadi, ular “saqlash kameralari” bo’lib, biror yumush bilan chiqqan kitobxonning narsalarini, masalan, noutbuki yoki zaryadlash uskunasini qoldirib ketishiga mo’ljallangan. Individual ishlarni bajarishga mo’ljallagan kabinkalar kishida katta taassurot qoldiradi. Ular to’liq shishadan qilingan bo’lib, talabalar ma’lum vaqtga biror vazifa bajarish uchun ijaraga olishlari mumkin.

Shunday katta binoda jami 160 nafar xodim faoliyat yuritadi, ulardan 110 nafari kutubxonachi personal, qolgan 50 nafari esa texnik personal hisoblanadi. Xodimlarning bunday katta binoda kam ishlashlariga sabab kadrlar sonidagi cheklovdir. Bu Chexiya ta’lim vazirligi tomonidan o’rnatilgan. Bino tozalash va qo’riqlash ishlari uchun maxsus firmadan xodimlar yollanadi. Ko’pchilik xodimlar bu yerga biror kutubxonachilik ta’limiga ega bo’lmagan holda kelishadi, shuning uchun bu yerda kutubxonachilik kurslari o’qitiladi. Bu yerda darslarni Milliy texnika kutubxonasi kutubxonachilari o’tishadi.

Yana o‘qing: Stokgolm Qirolligi Texnika universiteti kutubxonasi

 

Matn va foto: library.ru
Tarjima: Durdona

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.