Darslik: Jahon axborot resurslari

Hozirgi kunda ilmiy axborotlarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Xorijiy ilmiy resurslarni taqdim etuvchi ma’lumotlar bazalaridan foydalanish ko‘nikmasi bilan yetakchi olimlarning ilmiy maqolalari qidirishda va o‘z tadqiqotlaringizda qo‘llash jarayonini oson amalga oshiringiz mumkin.

Shu sababli, Sizlarga Marat Raxmatullayev va Barno Ganiyeva muallifligida nashr qilingan «Jahon axborot resurslari» darsligini tavsiya qilamiz.

Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o‘quv yurtlarining 5A350601-Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik magistratura mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan.

Darslik jahonning yetakchi nashriyotlari va ular tomonidan chop etilayotgan ilmiy-ta’limiy resurslarning axborot-kutubxona muassasalarida qo‘llanilishi, jumladan, elektron ilmiy-ta’limiy resurslar haqidagi ma’lumotlar, ulardan foydalanishning texnologik va tashkiliy jihatlaridan tortib, to‘plash, tarqatishning huquqiy masalalari, ularning qidiruv tizimlari borasidagi qimmatli ma’lumotlarni mujassamlashtiradi. Shuningdek, dunyoning etakchi nashriyotlari, Web of Science va Scopus kabi analitik tizimlar, ochiq ilmiy ta’limiy resurslar, kutubxonalar konsorsiumini tuzish metodlari va samaradorligi haqida to‘liq ma’lumot berib, mavzuga oid tushunchalar glossariysi berilgan.

Mazkur darslik nafaqat keng turdagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun, shu bilan bir qatorda, darslikdan elektron kutubxona va arxivlar, axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi barcha soha xodimlari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar ham o‘z faoliyatlarida qo‘llashlari mumkin.

Kitob o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan.

Kitobni xarid qilish bo‘yicha Eline Press MChJ kompaniyasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.