money

Dunyoning eng boy 25 yozuvchilari

Yozuvchilar o`rni jamiyatda beqiyos  albatta, ular kitobxonlarga madaniy hordiq berib, ularning dunyoqarashini kengaytiradi. Ba`zi qalami o`tkir yozuvchilar borki, ular o`zining birgina so`zi bilan butun dunyoni o`zgartira olishadi. Yozuvchilar uchun qaysi mavzuda yozish emas,  balki iste`dodlari yordamida o`z muxlislariga ega bo`lishlari muhim. Quyida sizlarga aynan shunday iste`dodlari bilan mashxurlikka erishgan dunyoning eng boy yozuvchilarning 25 tasini keltirib o`tamiz.

25. Pola Xokins- 16 million dollar.

Mashxur Britaniyalik yozuvchi o`zining psixologik triller janrda yozilgan “Poyezdagi qiz” (The girl on the train) nomli romani bilan ko`pchilikka ma`lum.

24. Jon Grin-17 million dollar

 

Grin eng ommabop romani “Yulduzlar aybdor” asari biri bo`lib, uning ko`plab asarlari adabiyotga oid taqdirlashlarda g`olib bo`lgan.

23. Rik Riordan- 35 million dollar

Rik o`smirlar uchun yozilgan “Persi Jekson» hamda “39 ta kalit” ( The 39 Clues) kabi fantastik asarlari bilan ko`pchilikga tanilgan.

22. Jorj Martin- 65 million dollar

Martin o`zining “ Taxt o`yini” (The Game of Thrones) nomli epik fantastik asarini yozishdan oldin, “Oqshom hududi”( “The Twilight Zone”)  va “ Sohibjamol va maxluq “ ( “Beauty and the Beast”) kabi television shoularda yozuvchi sifatida faoliyat yuritgan.

21. Jef Kinney- 70 million dollar

2007-yil gazeta karikaturachisi Kinneyning “Ojiz bola kundaligi (“Diary of a Wimpy Kid”) asari uni New York Times jurnalinig eng mahxur yozuvchisiga aylantirdi. Shundan buyon uning ko`p yozgan asarlari mashxur kino serialarga aylangan.

20. Syuzan Kollinz- 80 million dollar

U yosh bolalar teleshoulari uchun ko`plab stenariylar yozgan. U o`zing  “The Hunger Games” bestseller asari bilan shuhrat qozongan bo`lib, Kollinzning kitoblari dunyo bo`ylab 85 million nusxada chop etilgan.

19. Janet Ivanovich- 120 million dollar

Shu kunga qadar 35 ta romon yozgan yozuvchi Quill’ hamda Dilys’ kabi mukofotlar sovrindori bo`lgan.

18. Stefani Mayer- 125 million dollar

Stefeni eng ko`p mablag`ni o`zining “Zulmat ostonasidagi muhabbat” (“Twilight”) asari uchun qo`lga kiritgan. U favqulotda muvaffaqiyat keltirib, 100 milliondan ortiq nusxada nashr etilgan.

17. Dean Koontz-145 million dollar

Yozuvchilikni kollej vaqtlaridan boshlagan yozuvchi o`zining qo`rqinchli va sirli romanlari uni mashxurlik shohsupasiga olib chiqdi. Bugungi kunga qadar uning kitoblari 450 nusxada sotilgan.

16. David Oyedepo- 150 million dollar

David asli ruhoniy bo`lib, uning diniy va adolat haqida yozgan ko`plab kitoblari ko`pchilik qalbidan joy olgan.

15. E.L. James- 150 million dollar

Uning “Fifty Shades of Grey” romani unga mashhurlik olib kelgan. Bu kitob 125 million nusxada chop etilib, roman asosida kino serial su`ratga olingan.

14. Den Broun- 160 million dollar

Yozuvchi ko`plab romanlar yozgan bo`lib , ular orasida eng katta muvaffaqiyat olib kelgan romani “Da Vinchining kodi” (“ The Da Vinchi Code”) bo`lgan. Hali ham ayni shu asari uni top 25 talik qatorida bo`lishiga sabab bo`ldi.

13. Deyv Remsi- 200 million dollar

Asosan diqqatini moliya va biznesga qaratgan Remsi mablag`ni qanday boshqarishda yordam beruvchi kitoblar yozgan. U New York Times’ jurnalida 4 marta bestseller kitoblar muallifi sifatida ta`kidlangan bo`lib, u hozirda o`zining radio shousini yurgizadi.

12. Robert Lourens Stayn-200 million dollar

Uning bolalar uchun yozilgan adabiyotlri bestseller asarlar qatoriga kirib, hattoki uni eng yaxshi bollar yozuvchisi sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan.

11. Ellison Dyuba- 200 million dollar

6 yoshidan kitob yozishga qiziqishi yuqori bo`lgan Ellison, kitob yozishdan tashqari politsiyaga jinoyatlarga yechim topishda yordam berib keladi.

10. Jeffri Archer- 200 million dollar

Qamoqxona hayotidan hikoya qiluvchi “ Maxbus kundaligi “ asari uni ommaga tanitdi. Ushbu kitob bugungi kunda 250 million nusxada chop etilgan.

9. Grant Kardon- 300 million dollar

Notiq, yozuvchi hamda biznesmen Kardon uchun kitob yozish aslida xobbi bo`lib, ammo uning kitoblari unga yaxshigina daromad olib kelgan.

8. Jon Grishem- 350 million dollar

Aslida advokat bo`lgan Grishem 1984-yildan boshlab roman yozishni boshlagan. Shu paytga qadar  u yozgan asarlar jami 300 million nusxada sotilgan.

7. Nora Roberts- 390 million dollar

U ijodini 1980-yillarda boshlagan bo`lib, shu kunga qadar u ko`plab bestseller asarlar muallifiga aylangan. O`z kasbini sevuvchi Nora ba`zida butun kun davomida ijod bilan mashg`ul bo`ladi.

6. Daniella Stil- 385 million dollar

70 dan ortiq qiziqarli romanlar muallifi Daniella,  New York Times’ jurnalida 381 hafta davomida eng kuchli mualliflar qatorida turgan yozuvchi sifatida Ginneslar kitobiga kiritilgan.

5. Stiven King- 400 million dollar

O`zining qo`rqinchli, fantastik asarlari bilan butun dunyoga tanilgan Stiven 50 dan ortiq mukofotlar bilan taqdirlangan, kitoblarining ko`p qismi kino sifatida su`ratga olingan.

4. Jim Devis- 800 million dollar

Karikaturachi va ko`plab kulguli multfilmlar muallifi Devis yozuvchilik bilan bir qatorda ko`plab filmlar olgan.

3. Jeyms Patterson- 800 million dollar

Turli xil janrlarda ijod qiluvchi yozuvchining asarlari bestseller kitoblar sifatida tan olingan. Ushbu asarlar unga katta daromad olib kelib, u eng boy yozuvchilarning top 3 taligiga kirgan.

2. Joan Rouling- 1 milliard dollar

Butun dunyoga o`zining Garri Potter asari orqali tanilgan Joan, ushbu asari ortidan sezilarli darajada muvaffaqiyatga erishdi. Uning asari asosida olingan filmlar ko`pchilik ko`nglidan joy olib, haligacha uni qayta-qayta sevib tomosha qilib kelinadi.

1. Makkenzi Bezos- 30 milliar dollar

U Amazon asoschisi Jeff Bezosning sobiq xotini bo`lib, dunyodagi eng boy yozuvchilarning top 25 taligining yuqori cho`qqisini egallab turibti.

FOYDALI: Jonli kutubxonaning vazifasi nima, unda kimlar faoliyat ko`rsatadi?

TAYYORLADI: Muazzam Abduqahhorova

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.