webinar

Elseiver vebinari: Researcher Academy

Elseiver kompaniyasi 22 yanvar kuni o‘zining navbatdagi vebinarini tashkil etadi. Vebinar mavzusi: Researcher Academy: tadqiqotchilar uchun elektron ta’lim resurslari bilan tanishuv.

Researcher Academy (Tadqiqotchi Akademiyasi) platformasi tadqiqotchilarga o‘z tadqiqot yo‘llarining har bir bosqichida qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan ko‘plab elektron ta’lim resurslaridan bepul foydalanish imkonini beradi. Vebinar davomida ilm-fan dunyosini ochish uchun platformadagi keng qamrovli kurslar katalogini ko‘rib chiqish, ulardan unumli foydalanish va muvaffaqiyatli ravishda sertifikatlar hamda mukofotlarni qo‘lga kiritish borasida ma’lumotlar taqdim etiladi.

Ushbu platforma to‘g‘risida bu yerda batafsil o‘qib olishingiz mumkin.

Vebinar vaqti: 22 yanvar, 14:30
Davomiyligi: 1 soat
Shakli: Jonli, onlayn
Vebinar muallifi: Priyanka Kalra
Oldindan a’zo bo‘lish talab etiladi.

 

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.