30u30

Forbes-30: ilm-fan sohasidagi yetakchi yoshlar roʻyxati 

 Forbes nashri oʻz anʼanasiga sodiq qolgan holda 2019 yil avvalida turli sohalar kesimida amerikalik va kanadalik yoshlarning oʻttiztalik roʻyxatlarini eʼlon qildi. Ular bilan tanishing:

Mahmud Orif Pavel, 29 yoshda. Doktorant, Skripps tadqiqot loyihasi. Mahmud Pavel tanadagi ion kanallari (oʻzining aytishicha, ular “hayotning fundamental sensorlari”) ustida tadqiqot olib boradi. Uning tadqiqot ishi anesteziya amaliyotini yanada xavfsizlashtirishi bilan birga ion kanallari orqali avtosomal politsistik buyrak kasalligiga ham yangi muolaja usullarini topishda qoʻl keladi.

Juli Bliss Myullen, 28 yoshda. Aclarity Water kompaniyasining asoschilaridan biri. Aclarity elektrning past darajali kuchidan foydalanib suvni tozalovchi qurilmalarni ishlab chiqaradi. Bu kashfiyot suvdagi metallarni ham biror filtr yoki kimyoviy moddalarsiz yoʻqotadi.

Ava Karter, 27 yoshda. Fan doktori, Stenford universiteti. Karter epigenom – organizm hayotining u yoki bu nuqtalarida genlar ishtiroki nazoratini oʻrganadi.

Kevin Chen, 29 yoshda. Fan doktori, Harvard universiteti. Kevin Chen hasharotlar hajmidagi robotlarni yasaydi. U hozir tabiiy ofatlar paytida bir-biri bilan aloqaga chiqib, qutqaruv ishlarini amalga oshira oladigan robotlar ustida ishlamoqda.

Jeffri Dik, 28 yoshda. Dotsent, Chapel Xilldagi Shimoliy Karolina universiteti. Jeffri elektroximiya vositalaridan foydalangan holda biologik tizimlarni nano oʻlchamga keltirish ustida tadqiqot olib boryapti.

Mark Groden, 28 yoshda. SkyRyse kompaniyasi asoschisi. Mark 16 yoshligida Keys Vesterndagi Qoʻshma Shtatlar Havo kuchlari laboratoriyasi ilmiy tadqiqotlariga qoʻshiladi va uchuvchisiz havo transporti vositasi yaratadi. SkyRyse kompaniyasining direktori endi uchuvchisiz vertolyotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Teodor Xo, 28 yoshda. Postdoktorant, Stenford universiteti. Teodor organizmning qarish biologiyasi va uni sekinlashtirish boʻyicha tadqiqot ishi olib boradi. U ilmiy ishi davomida hujayralarda qarish uchun javob beradigan hali nomaʼlum mexanizmlarni payqay oldi.

Achuta Kadambi, 29 yoshda. Dotsent, Kaliforniya universiteti, Los-Anjeles. Kadambi koʻra olish qobiliyati insondan ham oʻtkir boʻlgan robotlarni yaratmoqchi. U tumanda va hatto burchaklararo koʻra olish qobiliyatiga ega kamerani loyihalashtirdi.

Shon MakKlayn, 29 yoshda. AbSci kompaniyasi asoschisi. Shon anʼanaviy ilmiy pogʻonalarni chetlab oʻtib, 2011 yilda AbSci kompaniyasiga asos soldi. Sintetik biologiya kompaniyasi genetik modifikatsiyalangan E.coli bakteriyasi vositasida foydali proteinlarni ishlab chiqaradi.

Nasrin Mustafozoda, 28 yoshda. Katta tadqiqotchi olim. Sunʼiy idrokni hikoya qilib berish vositasida tillarni shaklan yaxshiroq oʻrganishga moslashtirish – Nasrinning tadqiqot ishi markazida turadi. Tadqiqot sunʼiy idrok bilan ishlaydigan dasturlar insonlarni avvalgidan yaxshiroq anglashiga yoʻl ochadi.

Daniyel Nevius, 29 yoshda. Analytical Space kompaniyasi asoschilaridan biri. Kompaniya yaxshiroq va tezroq ishlaydigan kichik, lazerlashtirilgan sunʼiy yoʻldoshlar armogʻini ishlab chiqarish bilan shugʻullanishni boshlagan. Kompaniyaning ilk sinov sunʼiy yoʻldoshi orbitaga chiqarilgan.

Devaki Raj, 28 yoshda. CrowdAI asoschilaridan biri. Maykl toʻfoni Florida qirgʻoqlaridagi manzillarni vayron qilganida Wide Open West kompaniyasi hududdagi ziyon yetgan binolar xaritasini tuzishni soʻragan. Devakining CrowdAI loyihasi bu ishni yigirma daqiqa ichida uddalagan. CrowdAI sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini oʻrganib, sunʼiy idrokdan foydalangan holda tez va aniq kartografiyani taqdim etadi. Dastur qurilgan bino, sanoat binosi loyihasi, tabiiy ofat taʼsiridagi hududlar kartografiyasini maksimal aniqlikda ajratib koʻrsata oladi.

Gitanjali Rao, 12 yoshda. Oʻn ikki yoshli Gitanjali simob topuvchi devaysi bilan 2017 yilda oʻtkazilgan Yosh olimlar bellashuvining (Young Sciyentist Challenge) bosh sovriniga ega chiqdi. Vosita mobil ilova yordamida ichimlik suvi tarkibidagi simob miqdorini aniqlaydi. Olima kashfiyotini yanada takomillashtirish niyatida ish olib bormoqda.

Keytlayn Sadtler, 29 yoshda. Postdoktorant, Massachusetts Texnologiya instituti. Sadtler insonning faol immun tizimi va toʻqimalarni tezda qayta tiklay olishi mumkinligi toʻgʻrisidagi savollarga javob topish uchun ilmiy tadqiqot olib borgan. Hozirda u tibbiy implantlar va chandiqlarning oldini olish ustida ishlamoqda.

Skott Tan, 25 yoshda. Massachusetts Texnologiya instituti tadqiqotchisi. Skott sunʼiy sinapsni bir kristalli materiallardan yasab takomillashtirdi. Bu uning kelajakda yaratmoqchi boʻlgan neyromorfik kompyuterlarining bir qismidir. Uning kompyuterlari texnik taʼminoti inson miyasi harakatlariga taqlid qiladi.

Manba: Kun.uz

FOYDALI: Bill Geytsning kitob mutolaasi uchun 4 qoidasi

TAYYORLADI: Latofat Sherzodovna

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.