Samarqanddagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi

Hunarmandchilik va badiiy asarlar ko‘rgazmasi

Samarqanddagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida «Daraxt – ikkinchi hayot» nomli ko‘rgazma ish boshladi.

Samarqand viloyat madaniyat boshqarmasi hamda Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey qo‘riqxonasi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmaning ochilishi marosimida tarixchi va arxeolog olimlar, muzeylar xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada muzey fondida saqlanayotgan noyob yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshlik san’ati namunalari hamda yurtimiz hunarmandlari tomonidan yaratilgan badiiy va maishiy buyumlar namoyish etilmoqda. Eksponatlar orasida Samarqand va Tojikistonning Oburdon qishlog‘idan topilgan X asrga oid yog‘och o‘ymakorligi bo‘laklari ham bor.

Tadbir doirasida samarqandlik taniqli rassom Toir Sharipov ijodiga oid turli janrdagi 100 ga yaqin suratlardan iborat “Milliy an’analar tarannumi” ko‘rgazmasi ham keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilinmoqda.

Ko‘rgazmalar 2019 yilning mart oyiga qadar davom etadi.

Matn: O‘zA
Foto: Alisher Isroilov (O‘zA)

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.