IFLA: The International Federation of Library Associations and Institutions

IFLA haqida bilasizmi?

IFLA – bu Kutubxona assotsiatsiyalari va muassasalarining xalqaro federatsiyasi (IFLA: The International Federation of Library Associations and Institutions) hisoblanib, kutubxonalar, axborot xizmatlari va ularning foydalanuvchilari bilan qiziqqan kutubxonachilik sohasidagi yetakchi tashkilotdir. IFLA tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ushbu xalqaro tashkilot 1927-yil Shotlandiyaning Edinburg shahrida tashkil etilgan. Hozirda esa dunyoning 140 dan ortiq mamlakatida 1400+ a’zolariga ega.

Federatsiyasi maqsadi

IFLA mustaqil, xalqaro, nodavlat-notijorat tashkilot bo‘lib, uning maqsadi quyidagilardan iborat:

  • Kutubxona va axborot xizmatlarini rivojlantirish, kutubxona faoliyatini yanada kengaytirish;
  • Yaxshi kutubxonalar va axborot xizmatlarini ahamiyatini anglab yetilishini, keng miqyosda tarqalishini ta’minlash;
  • Barcha a’zolarini qiziqishlarini ko‘rsatish;

A’zolik

Milliy va xalqaro uyushma vakillari va tashkilot a’zolari uchrashuv va saylovlarda ovoz berish hamda IFLA prezidentligi uchun nomzodlarni ko‘rsatish yoki saylash huquqiga ega. Kutubxona va informatika sohasidagi amaliyotchilar sherik sifatida tashkilotga qo‘shilishlari mumkin. Garchi bu shaxslar saylov huquqiga ega bo‘lmasa-da, IFLAning faoliyatiga, qo‘mitaga xizmat qilish va kasbga doir dasturlarda hamkorlik qilish bilan katta hissa qo‘shishadi.  Agar sizda ham ko‘ngilli ravishda ishlash xohishi bo‘lsa, IFLA Membership sahifasi orqali qanday qilib uyushmaga qo‘shilish haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Korporatsiya homiylari

Uyushma 25 dan ortiq axborot industriyasi bilan birgalikda  hamkorlik qilib keladi. Hamkorlar moliyaviy yordami berish orqali o‘zlarining mahsulot va xizmatlarini dunyo bo‘ylab tarqalgan IFLA ning a’zolariga taklif etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Boshqa sohalar bilan hamkorlik

Uyushma hozirgi kunga qadar ko‘plab tashkilotlar bilan o‘zaro axborot almashish va birgalikda muammolarni hal etish maqsadida aloqalar o‘rnatib kelmoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO), Xalqaro Uyushmalar Kengashi (ISCU), Jahon Intelektual Mulk Tashkiloti (WIPO), Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), shuningdek, 1999-yildan buyon Jahon Savdo Tashkiloti (WPO)  bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Shu bilan birga, Xalqaro Nashriyotlar uyushmasi (IPA), Xalqaro Arxivlar kengashi (ICA), Xalqaro Muzeylar kengashi (ICOM) va Xalqaro Tarixiy yodgorliklar, saytlar kengashi (ICOMOS) uyushmalariga a’zo bo‘lgan.

IFLA konfrensiya va yigi‘lishlari

Konfrensiyalar har yili dunyoning turli shaharlarida Avgust yoki Sentabr boshlarida o‘tkaziladi. Uch mingdan ziyod delegatsiyalar tajriba almashish, kasbiy muammolar bo‘yicha suhbatlashish, axborot sanoatida bo‘layotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish va mezbon davlat madaniyatini o‘rganish maqsadida dunyoning turli chekkalaridan kelishadi.

Boshqaruv

2008-yilda IFLA boshqaruv tizimi qaytadan ko‘rib chiqildi va yangi tizim ishga tushirildi. Tizimni o‘zgartirishdan maqsad, dunyo bo‘ylab a’zolar sonini oshirish  va oz‘aro muloqat qilishni yengillashtirish maqsadida ishlab chiqish hisoblanadi.

Yetakchi kengash

Yetakchi kengash uyushma tomonidan tasdiqlangan ko‘rsatmalar asosida IFLAning boshqaruv va kasbiy yo‘nalishi uchun ma’suldir. Kengash prezident, bevosita tanlangan 10 ta ( har ikki yilda pochta yoki elektron saylov byulletenlari orqali) va 6 ta Kasbiy Qo‘mita tomonidan saylangan a’zolardan iborat.

Kengashda yiliga uch marotaba uchrashuv uyushtiriladi. Uchrashuvlar har yili Jahon kutubxonalari va Axborot kongressida bo‘lib o‘tadi.

Qo‘mitalar

Uyushma ikkita qo‘mitadan iborat: ma’muriy va kasbiy. Ma’muriy qo‘mita asosan kengash tomonidan yaratilgan siyosiy masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi.

Kasbiy qo‘mita esa IFLAning barcha kasbiy faoliyat, siyosat va dasturlarga bog‘liq ishlarga javob berish vazifasini bajaradi.

Uchrashuvlar

Ko‘plab kasbiy uchrashuv va seminarlar dunyo bo‘ylab mutaxassis guruhlar va strategik dasturlar tomonidan tashkillashtiriladi. IFLAning rasmiy sayti orqali yoki IFLA_L ga obuna bo‘lgan holda siz uchrashuvlar qachon va qayerda o‘tkazilishi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Nashrlar

  • IFLA jurnali yilda to‘rt marotaba chop etiladigan nashr hisoblanib, kutubxona va axborot xizmatlari, shuningdek, bu sohalar faoliyatiga aloqador ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy mavzulardan iborat bo‘lgan maqolalarni o‘z ichiga oladi;
  • Annual Report  IFLA erishgan muvaffaqiyatlar haqida hisobot berib boradi;
  • IFLA Publication Series Germaniyaning Berlin shahrida nashr qilinadi.
  • IFLA Professional Reports turli tashkil etilgan uchrashuv va yaxshi amaliyotlar haqida ma’lumot beriladi.

Moliyalashtirish

IFLA moddiy ta’minotining 60%i  a’zolik badalidan olinadi. Qolgan daromad esa nashrlardan, hukumat agentligi, jamg‘arma va boshqa hamkorlar tomonidan keladi.

Kasbiy dasturlar esa xalqaro jamg‘arma agentliklari, milliy uyushma, universitet kutubxonalari va xayriya pullari yordamida tashkillashtiriladi.

Muallif: Muazzam Abduqahhorova, TATU 2-bosqich talabasi

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.