INFOLIB UZBEKISTAN – 2019

28 oktyabr – 1 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasida an’anaviy tarzda “INFOLIB – UZBEKISTAN-2019”  VIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi o‘tkaziladi.

Haftalik doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda:
  • “Betgerxonlik –  2019.  “Kutubxonachilik sohasidagi  islohotlar – yangi davr kutubxonalari”;
  •  “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi –  2019” tanlovining respublika bosqichi;
  • “Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyiha Respublika tanlovi;
  • Axborot-kutubxona markazlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Axborot-kutubxona tahlili tanlovi”ning  Respublika bosqichi;
  • Rossiya Federatsiyasidan Xalqaro ekspert, professor N.I.Gendina ishtirokida “Maktab o‘quvchisining axborot madaniyati” mediasavodxonlik seminar-treningi;
  • Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining  mutaxassislari uchun UzNEL dasturidagi modullarida ishlash tartibi  bo‘yicha bo‘yicha  nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
  • “Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi”
  • IV Milliy ilmiy-ta’limiy forumi;
  • Axborot-kutubxona markazlari nodir fondlarini saqlash va ta’mirlash: “Muammo va yechimlar” mavzusida seminarlar;
  • Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun UzNEL dasturidagi modullarida ishlash tartibi  bo‘yicha bo‘yicha  nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
  • Axborot-kutubxona markazlari nodir fondlarini saqlash va restavratsiya qilish: “Muammo va yechimlar” mavzusida seminar;
  • “Kitobxon ona – kitobxon bola” rukni ostida turkum tadbirlar;
  • “Kitob sehri” mavzusida kitob va kitobxonlik bayrami, “Kitob qalb gavhari” mavzusida she’rxonlik kechalari.

Kitob taqdimotlari:

  • Yosh ijodkor Javlon Jovliyevning “Ikki qalb uchrashuvi” nomli kitobi taqdimoti;
  • “O‘zbekiston fani islohotlar davrida”  mavzuida taqdimot va kitob ko‘rgazmasi;
  • Yozuvchi  O. Maxmudovning  “Farzandnoma”  nomli  kitobining video, audio taqdimoti;
  • “Birinchi kitobim” loyihasi asosida O‘zbekiston yosh yozuvchi shoirlarining “Yangi davr ilxomlari” rukni ostida  kitob taqdimoti va ko‘rgazmasi.

Ijodiy uchrashuvlar:

  • “Bir aktyor teatri” turkumi ostida aktrisa Dilnoza Kubayeva va  O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashev bilan ijodiy uchrashuv;
  • Rejissyor Dilmurod Masaidovning “Qo‘qon shamoli” nomli badiiy filmi taqdimoti va aktyorlar jamoasi bilan ijodiy uchrashuv;
  • Islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur bilan “Tarjima va tavsif iftixori” mavzusida davra-suhbati;
  • “Xamid Olimjon – maftunkor she’riyat kuychisi” mavzusida adabiy-musiqiy kecha;
  •  Robotexnika bo‘yicha jahon olimpiyada ishtirokchilari bilan uchrashuv.

Taqdimotlar:

  • “Ruminiyada ta’lim olish uchun xalqaro dasturlar” mavzusida taqdimot;
  • “Buyuk Britaniyada ta’lim olish uchun xalqaro dasturlar”
  • “Xalqaro imtihon IELTS haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘l” mavzuida taqdimot;
  • Milliy kutubxona foydalanuvchilari uchun O‘zbekistondagi Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasi xodimi Shannon Roach tomonidan “Yozish qobiliyatingizni oshiring” mavzuida taqdimot.

Musobaqalar: 

  • “Maktab o‘quvchilari orasida “Kitoblar mamlakatiga sayohat” adabiy kvest o‘yini va viktorina

Parallel tadbirlar (hafta davomida har kuni)

  • Kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyalarini o‘tkazish;
  • Yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi;
  • Foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish (Aksiya: har 28 a’zo bo‘lgan foydalanuvchiga sovg‘a).
  • Muqimiy nomidagi musiqali teatri afishalarining retro ko‘rgazmasi

Haftalikka tashrif buyurib, vaqtingizni maroqli va qiziqarli o‘tkazishingizni maslahat beramiz.

Tadbirlar vaqti bilan dasturda tanishib chiqing.

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.