axborot savodxonligi

Internetda tez va samarali ma‘lumot topishning 5 usuli

Bugungi kunga kelib internet tarmog‘i hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurdi. Endilikda ma‘lumotlarga dastlabki an‘anaviy usullar orqali emas, balki aynan internet orqali istalgan yer va istalgan vaqtda bog‘lanish imkoniyatlari taqdim etilmoqda. Milliardlab internet sahifalari sanoqsiz ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ma‘lumotlarning ko‘pligi albatta yaxshi, ammo bu foydalanuvchiga eng kerakli bo‘lgan ma‘lumotni topishda bir qancha muammolarni tug‘diradi. Xususan, qidiruv tizimiga so’z yoki iborani kiritilgan vaqtda ko‘plab o’rinsiz ma’lumotlar to’plami paydo bo’ladi. Bu esa, foydalanuvchilardan axborot qidiruv tizimi bo‘yicha yetarli savodxonlikga ega bo‘lishni taqazo etadi. Ushbu maqolada aynan kerakli axborotni topishni yanada osonlashtirishning 5 usulini ko’rib chiqamiz.

1. Turli qidiruv xizmatlaridan foydalanish

Qidiruv tizimlari sizga kerakli kontentni taqdim qilish uchun taxminan 625 million faol veb-saytlarni saralaydi. Siz aynan bir qidiruv tizimidan foydalanishingiz mumkin, ammo hech bir qidiruv tizimi mukammal emas va ularning barchasida turli xil kamchiliklar mavjud. Google, Yahoo va Bing eng ko‘p foydalanuvchilariga ega qidiruv tizimlari hisoblanadi.

Google. Odatda Google eng ko’p natijalarni qaytaradigan hamda shu paytgacha eng katta sahifalar katalogiga ega qidiruv tizimi hisoblanadi.

Bing. Bing keng ko‘lamda avtomatik ravishda to‘ldirib boriladigan hamda qidiruvni samarali qilish maqsadida natijalarni kamaytirib berish afzalliklariga ega bo‘lgan qidiruv tizimidir.

Yahoo. Ma‘lumotlarning katta qismi asosan xarid va yangiliklardan iborat bo‘lgani sababli undan savdo-sotiq sohasiga oid ma‘lumotlardan foydalanishda ishlatiladi. Shuningdek, DuckDuckGo va Dogpile ham o‘z foydalanuvchilariga ega qidiruv tizimlari hisoblanadi.

Eslatma: Qidiruv tizimlari orasida maxsus turdagi qidiruv tizimlari bo‘lib, ularda siz oddiy qidiruv tizimlarida olmagan natijalarni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Masalan, Google Scholar umumiy qidiruvda topish qiyin bo’lgan ilmiy maqolalarni topish uchun foydalaniladi.

2. Maxsus kalit so’zlardan foydalaning

Kalit so’zlar – siz Internetdan kontent topishda foydalanadigan atamalar hisoblanadi. Ularning eng maqbullarini kiritish orqali siz aynan xohlagan ma‘lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Masalan, kompyuteringiz uchun Windows 10 operatsion tizimi programmasini qidirmoqchisiz. Agar siz qidiruv tizimiga Windows so‘zini kiritsangiz, natijalar Windowsning boshqa turlari haqida ko’plab sahifalarni o‘z ichiga olgan ma‘lumotlarni ko‘rsatadi. Windowsning aynan qaysi versiyasi kerakligini kiritish ya‘ni 10 raqamining kiritilishini o‘zi sizga aynan shu turdagi ma‘lumotlar ko‘rsatilishi hamda natijalar sonini kamaytirishga yordam beradi. Boshqa maxsus kalit so’zlarni qo’shib qidirishni yanada aniqlashtirishingiz mumkin. Masalan, bizning aynan qayerda ekanligimizni ko‘rsatuvchi «Location» (Manzil) ni qo‘shish orqali OLX da qidirilayotgan xizmat va ish turlarini aynan sizga yaqin manzilda bo‘lganlarini topish mumkin.

3. Iqtibos belgilaridan foydalaning

Qidirilayotgan terminni qo‘shtirnoq ichiga olish sizga aynan qidirilayotgan so‘z yoki iborani topishga yordam berdi. Masalan, siz qidiruv tizimiga axborot xavfsizligi deb qidiruv bersangiz chiqqan natijalar barcha axborot va xavsizlikka oid ma‘lumotlarni ko‘rsatadi. «Axborot xavfsizligi» kabi ko‘rinishida qo‘shtirnoqqa olinganda esa siz axborot xavsizligiga doir mavzularga ega bo‘lasiz. Ba‘zi qidiruv tizimlari masalan Yahoo qidiralayotgan so‘zni yanada aniqlashtirish uchun » +» simvolidan foydalanadi.

4. Foydasiz so’zlarni olib tashlang

So’zdan oldin defis / kichik tire/ minus belgisini kiritish, uni qidirishdan chiqarib tashlaydi. Tasavvur qiling siz marketingga oid ma‘lumotlarni qidirmoxchisiz. Ammo sizga faqat an‘anaviy turdagi marketing haqida ma‘lumot kerak. Qidiruv berilgan vaqtda esa qidiruv raqamli va ijtimoiy mediaga oid marketing ma‘lumotlarini ham ko‘rsatadi. Sizga kerak bo‘lmagan marketing turlari oldidan minus qoyish «-raqamli » bu turdagi marketing ma‘lumotlarini olib tashlagan holda natija beradi.

5. Operator yordamida qidiruvingizni aniqlang

Operatorlar nomi bilan mashhur bo‘lgan boshqa simvol va terminlar Internetda qidiruvni natijalar sonini kamaytirishda foydalaniladi. Quyida ularning ba‘zilarini keltirib o‘tamiz:

«Stemming» qidiruvi. * yulduzcha belgisidan foydalangan holda ma‘lumotlarni qidirish. Bu simvol bizga o‘zakdosh so‘zlarni topishda yordam beradi. Masalan, iqtisod* so‘z ohiriga simvolning qo‘shilishi sizga iqtisodiyot, iqtisodchi va iqtisodiy kabi natijalarni beradi.

Kombinatsiyali qidiruv. Ikki yoki undan ortiq bir vaqtda bir-biriga juda o‘xshash terminlarni qidirish uchun OR operatoridan foydalaniladi. Masalan elektron OR (yoki) raqamli kutubxona haqida qidirilayotganda natija sizga 2 so‘zdan biri yoki ikkalasi bo‘lgan natijani beradi. Qidiruvni umumlashtirishning boshqa bir imkoniyati AND operatoridan foydalanish hisoblanadi. Bu operator 2 va undan ortiq terminlarni birgalikda ekranda chiqarishini kafolatlaydi. Masalan, «Virtual reference» (Virtual ma‘lumotnoma ) AND «Digital Reference » (Raqamli ma‘lumotnoma) kabi qidiruv berilganda raqamli va virtual ma‘lumotnoma xizmatlari haqidagi axborotlarni birgalikda chiqarib beradi.

Manba: Mind Tools

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.