Ishtirok eting! Innovatsiyalar uchun EIFL-PLIP mukofoti

INSONLARNING TURMUSH SIFATINI OSHIRISHGA XIZMAT QILAYOTGAN OMMAVIY KUTUBXONALAR UCHUN

EIFL (Electronic Information for Libraries – Kutubxonalar uchun Elektron Axborot) xalqaro tashkilotining EIFL Public Library Innovation Programme dasturiga kiritilgan ushbu mukofot BMTning 2030 yilga qadar barqaror rivojlanish Dasturi doirasidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida insonlarning turmush sifatini oshirishga bel bog‘lagan ommaviy kutubxonalar uchun mo‘ljallangan.

Tanlovda ishtirok etish uchun ommaviy kutubxona o‘z tarixi va faoliyati haqida ma’lumot (maqola yoki video shaklida) topshirishi lozim. Mukofot puli 1500 AQSH dollari!

Mukofotga ega chiqish uchun iqtisodi rivojlanayotgan mamlakatlarning ommaviy va ijtimoiy kutubxonlari tanlovda qatnashishlari mumkin. Shu bilan birga, bu kutubxonalar xizmat ko‘rsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan faol tarzda foydalanishlari asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ro‘yxatdagi mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham mavjud!

Ariza topshirishning so‘nggi sanasi – Chorshanba, 5 dekabr 2018 yil.

Arizalar ingliz, fransuz, rus va ispan tillarida qabul qilinadi.

Tanlov yo‘nalishlari, shartlari va u haqidagi batafsil ma’lumotlar EIFL saytida e’lon qilingan:

Bu 12-Innovatsiyalar uchun EIFL-PLIP mukofoti tanlovi. Oldingi tanlovlar va g‘oliblar haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin.

Arizalarni topshirish tizimi

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.