photo_2019-04-22_17-55-55

Kafedraning yosh olimlaridan biri Shahnoza Raximova ochiq muloqotda ishtirok etdi

                Joriy yilning 19-aprel kuni  OzLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi  “Yoshlar qanoti” huzuridagi “Yosh olimlar ligasi” a’zolari bilan birgalikda “ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarini o‘z ichiga olgan besh tashabbusi” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

          Ochiq muloqotda OzLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Alimov N.X., OzLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi  bo‘lim mudiri G‘.N. Turg‘unov va “Yosh olimlar ligasi”ning 40 ta a’zolari faol ishtirok etishdi.

          Davlatimiz  rahbari Sh.M. Mirziyoyev tomonidan  ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy  sohalardagi ishlarini yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha  5 ta muhim tashabbuslar bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot kutubxona tizimlari” kafedrasi assistenti Sh.A. Raximova o‘zining ilmiy takliflari bilan qatnashdi.

Teglar: mavjud emas

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.