qk

Kitob haqida 10 ta fikr

 

1. Muallifi yaxshi yoza bilgan kitoblarni oʻqib borar ekansiz, yaxshi gapirishni ham odat qilib olasiz.

2. Kishining madaniy saviyasi – kitoblarning oʻqib chiqilgan soni bilan emas, uqib olingan soni ila oʻlchanadi.

3. Kitob oʻqishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi.

4. Kitob kinodan afzaldir. Negaki, kishi tasavvurining koʻlami filmdagi kuchli taassurotga ega kadrlar soni kabi cheklanmaydi.

5. Qancha koʻp kitob oʻqisang, birovlarga shuncha kam taqlid qilasan.

6. Odamlar ikki toifaga, xususan: kitob oʻqiydiganlar va kitob oʻqiydiganlarning ogʻziga qarab yuradiganlarga boʻlinadi.

7. Soʻmni tiyin tashkil etsa, oʻqib chiqilgan kitob soni – bilimni.

8. Aql topish uchun kitob oʻqish – tana manfaatida badantarbiya bilan shugʻullanishdek gapdir.

9. Kishi aqlli boʻlib qolishi uchun 10 ta kitob kifoya. Oʻsha oʻntani topish uchun esa minglab kitoblarni oʻqib chiqishi kerak boʻladi.

10. Yaqin doʻsting boʻlmish kitobga inon. Zero u, odatda, sukut saqlab, fursati yetganda jamiki olam haqida batafsil soʻzlab beradi senga.

Foydali: 2019-yilda oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilishi rejalashtirilgan jahon adabiyoti namunalari roʻyxati

Muallif: Shokir Dolimov

 

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.