This is books scramble. Many books on white background.

Kitoblar haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

  •  Butun dunyoda hozirgi kungacha 130 millionga(129,864,880 aniq soni) yaqin kitoblar nashr etilgan.
  • Dunyodagi barcha kitoblarni o`qib tugatish uchun 60,000 yil kerak bo`ladi.

 

  • 1901-1909-yillari Amerika prezidenti bo`lgan Teador Rusevelt kuniga bitta kitob o`qigan ekan.
  • Shu kungacha eng uzun gap 823 ta so`zdan iborat bo`lgan.
  • Birinchi marta bestseller atamasi Amerika yozuvchisi Alis Braunning Fools of Nature kitobi uchun ishlatilgan.
  • Dunyodagi har 5 ta boladan 1 tasi o`qish yoki yozishni bilmaydi. Eng ko`p o`qish-yozish bilmaydiganlar Janubiy va Shimoliy Osiyo va Afrika davlatlarida yashaydilar.
  • Dunyodagi eng ko`p kitob o`qiydiganlar Hindistonda yashaydi. Ular haftasiga 10 soatini mutolaa uchun sarf qilishadi.
  • O`rtacha hisobda bitta roman yozish uchun 475 soat ketarkan.
  • Kitobni kimlar ko`proq xarid qiladi ayollarmi yoki erkaklar? Statistik ma`lumotlar 68% kitoblarni ayollar sotib olishini ko`rsatmoqda.

  • Ko`pchilik insonlar mutolaaning 18 – varog`iga kelganida kitobga bo`lgan qiziqishlarini yo`qotishadi. Albatta, qayta-qayta mutolaa qilib o`qiydigan kitoblarimiz bundan mustasno.
  •  “Bookworm” ( kitob o`qishni sevuvchi inson) atamasi aslida kitob muqovalari bilan oziqlanadigan hashoratlardan kelib chiqqan.

FOYDALI: Televizor ko‘rayotganlarni kitob o‘qiydiganlar boshqaradi(mi?)!

TAYYORLADI: Abduqahhorova Muazzam

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.