Hurmatli kitobxon!
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Fanlar akademiyasi Asosiy kutubxonasi hamkorlikda qo‘shinlardagi harbiy xizmatchilar, Oliy o‘quv yurtlari talabalari, professor-o‘qituvchilari, kollej va litseylar, maktab o‘quvchilari, pedagoglari, turli tashkilotlar va muassasalar xizmatchilari, ilmiy xodimlar orasida kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatini oshirishning pedagogik va psixologik usullarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha sotsiologik tadqiqot ishini olib bormoqda.
Shu munosabat bilan Sizga murojaat qilib va Sizdan yordam kutib quyidagi anketa savollarini taqdim etadi. Sizning anketa savollariga xolis va samimiy javoblaringiz kelgusida O‘zbekistonimiz taraqqiyotining ma’naviy va ma’rifiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilab olishimizda, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida madaniy va ma’rifiy ishlar yo‘nalishidagi tadbirlarning to‘g‘ri belgilab olinishida, kutubxonalarni zarur badiiy, ilmiy va siyosiy adabiyotlar bilan to‘ldirib borishda, harbiy xzimatchilarning va boshqa kitobxonlarning kitob o‘qishga bo‘lgan havas va qiziqishlarini oshirish orqali intellektual salohiyati va dunyoqarashlarini mustahkamlashda amaliy yordam beradi.
Sizga oldindan yordamingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.