1

Kasbim – kutubxonachi

Ushbu bo‘limda kutubxonachidek sharafli kasbni egallashni niyat qilgan yoshlar va allaqachon bu sohada faoliyat yuritayotgan yosh kadrlar uchun foydali ma’lumotlar keltirilgan. Yurtimizda mavjud ta’lim maskanlari va ularning o‘quv dasturlari hamda o‘qishga qabul qilish shartlari Sizning e’tiboringizga taqdim etiladi. Jumladan, kutubxonalar uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlovchi yetakchi ta’lim muassasasi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasi faoliyati to‘g‘risida batafsil tanishishingiz mumkin.


2

Kutubxonachi kutubxonasi

Mazkur bo‘lim zamonaviy kutubxonalar faoliyatiga bag‘ishlangan metodik hujjatlar, kutubxonachilarning nazariy bilimlarini oshirishda ko‘maklasha oladigan kitoblar, monografiyalar va maqolalar hamda ilmiy ishlanmalar bilan boyitilgan. Jumladan, kutubxonachilik ishiga oid standartlar to‘plami ham bo‘limdan joy olgan.


3

Huquqiy hujjatlar

Kutubxonachilik ishi bo‘yicha va unga aloqador bo‘lgan rasmiy va norasmiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami. Mamlakatimizda kutubxonachilik faoliyatini tartibga soluvchi hozirgi kundagi dolzarb hujjatlar bilan bir qatorda, yangi chiqayotgan, hukumatimiz tomonidan ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihalari, farmonlar va buyruqlar hamda ayrim xorijiy davlatlarda amalda bo‘lgan qonun hujjatlari ushbu bo‘limga kiritilgan.


4

Kutubxonalar va mualliflik huquqi

Axborotlashgan asrda mualliflik huquqi va uni himoya qilish masalalari eng yuqori o‘ringa ko‘tarildi.  Natijada «bilimlar xazinasi» hisoblangan kutubxonalar faoliyatida o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu sababli ushbu bo‘limda kutubxonalar uchun asqotadigan, ular faoliyatidagi o‘ziga xos axloqiy «makon»ni shakllantirishga zamin yaratadigan mualliflik huquqiga doir dolzarb hujjatlar va ma’lumotlarni to‘plashga harakat qildik.


5

Konferensiya va seminarlar

Bo‘limda respublikamiz va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan konferensiyalar haqida e’lonlar, seminar va tadbirlarning press relizlari berib boriladi. O‘tkazilishi kutilayotgan yoki allaqachon bo‘lib o‘tgan sohaga doir konferensiyalar, seminar va vebinarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot olishingiz mumkin. Siz nafaqat bunday tadbirlarda ishtirok etish, balki sizning muassasangiz tomonidan tashkil etiladigan shu kabi tadbirlarga taklifnomani bizning saytimizda joylash uchun bizga murojaat qilishingiz mumkin.


6

Sotsiolog sahifasi

Kutubxonachilikka oid sotsiologik tadqiqotlar to‘g‘risida, mutolaa madaniyatini o‘rganishga qaratilgan kitoblar va ilmiy maqolalar bo‘limdan joy olgan. Umid qilamizki, ushbu bo‘lim kutubxonachi sotsiologlar uchun ma’lumot almashish, o‘zaro hamkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish ko‘makchi vazifasini o‘taydi.


7

Biz tavsiya qilamiz

Ushbu bo‘limning vazifasi – kutubxona mutaxassislari va kitobxonlar diqqatini yangi nashr qilingan asarlarga qaratish: jamiyatning axborot madaniyatini oshirishga xizmat qila oladigan kitoblar, jurnallar, film va musiqalar,  texnologik yangiliklar.