1

Kasbim – kutubxonachi

Ushbu boʻlimda kutubxonachidek sharafli kasbni egallashni niyat qilgan yoshlar va allaqachon bu sohada faoliyat yuritayotgan yosh kadrlar uchun foydali ma’lumotlar keltirilgan. Yurtimizda mavjud ta’lim maskanlari va ularning oʻquv dasturlari hamda oʻqishga qabul qilish shartlari Sizning e’tiboringizga taqdim etiladi. Jumladan, kutubxonalar uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlovchi yetakchi ta’lim muassasasi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasi faoliyati toʻgʻrisida batafsil tanishishingiz mumkin.

2

Kutubxonachi kutubxonasi

Mazkur boʻlim zamonaviy kutubxonalar faoliyatiga bagʻishlangan metodik hujjatlar, kutubxonachilarning nazariy bilimlarini oshirishda koʻmaklasha oladigan kitoblar, monografiyalar va maqolalar hamda ilmiy ishlanmalar bilan boyitilgan. Jumladan, kutubxonachilik ishiga oid standartlar toʻplami ham boʻlimdan joy olgan.

3

Huquqiy hujjatlar

Kutubxonachilik ishi boʻyicha va unga aloqador boʻlgan rasmiy va norasmiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar toʻplami. Mamlakatimizda kutubxonachilik faoliyatini tartibga soluvchi hozirgi kundagi dolzarb hujjatlar bilan bir qatorda, yangi chiqayotgan, hukumatimiz tomonidan koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalari, farmonlar va buyruqlar hamda ayrim xorijiy davlatlarda amalda boʻlgan qonun hujjatlari ushbu boʻlimga kiritilgan.

4

Kutubxonalar va mualliflik huquqi

Axborotlashgan asrda mualliflik huquqi va uni himoya qilish masalalari eng yuqori oʻringa koʻtarildi.  Natijada «bilimlar xazinasi» hisoblangan kutubxonalar faoliyatida oʻzgarishlar yuz bermoqda. Shu sababli ushbu boʻlimda kutubxonalar uchun asqotadigan, ular faoliyatidagi oʻziga xos axloqiy «makon»ni shakllantirishga zamin yaratadigan mualliflik huquqiga doir dolzarb hujjatlar va ma’lumotlarni toʻplashga harakat qildik.

5

Konferensiya va seminarlar

Boʻlimda respublikamiz va xalqaro miqyosda oʻtkaziladigan konferensiyalar haqida e’lonlar, seminar va tadbirlarning press relizlari berib boriladi. Oʻtkazilishi kutilayotgan yoki allaqachon boʻlib oʻtgan sohaga doir konferensiyalar, seminar va vebinarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlar toʻgʻrisida ma’lumot olishingiz mumkin. Siz nafaqat bunday tadbirlarda ishtirok etish, balki sizning muassasangiz tomonidan tashkil etiladigan shu kabi tadbirlarga taklifnomani bizning saytimizda joylash uchun bizga murojaat qilishingiz mumkin.

6

Sotsiolog sahifasi

Kutubxonachilikka oid sotsiologik tadqiqotlar toʻgʻrisida, mutolaa madaniyatini oʻrganishga qaratilgan kitoblar va ilmiy maqolalar boʻlimdan joy olgan. Umid qilamizki, ushbu boʻlim kutubxonachi sotsiologlar uchun ma’lumot almashish, oʻzaro hamkorlik faoliyatlarini yoʻlga qoʻyish koʻmakchi vazifasini oʻtaydi.

7

Biz tavsiya qilamiz

Ushbu boʻlimning vazifasi – kutubxona mutaxassislari va kitobxonlar diqqatini yangi nashr qilingan asarlarga qaratish: jamiyatning axborot madaniyatini oshirishga xizmat qila oladigan kitoblar, jurnallar, film va musiqalar,  texnologik yangiliklar.