Bo‘lim haqida

Qarshingizda o‘ziga xos Kutubxonachilik kabineti, virtual kabinet. Bir (juft) so‘z bilan aytganda, kutubxonachining kutubxonasi. Bu yerda kutubxonalar faoliyatiga oid va kutubxonachilik ishining jonkuyar mutaxassislariga mo‘ljallangan kitoblar va ilmiy maqolalar, nazariy ishlanmalar, darsliklar va qo‘llanmalar joy olgan. Ona tilimizda hali manbalarning kamligi sabab, chet tillaridagi adabiyotlar ham joylashtirilgan. Bo‘lim sekin-asta kengaytirib boriladi. Shu bilan birga, bu yerda «Standartlar» nomli baza ham o‘rin olgan. Birinchi navbatda Axborot, kutubxonachilik va nashriyotchilik ishi bo‘yicha standartlar tizimi (AKNIBST, Система стандартов по информации, библиотечному и издательскому делу – СИБИД) tarkibidagi standartlar nazarda tutilmoqda.

Kutubxona mutaxassislari uchun standartlar

Standartlashtirishga oid qonunchilik hujjatlari

AKNIBST tarkibidagi amaldagi standartlar


Kitoblar


Maqolalar