lnl (1)

Latviya Milliy kutubxonasi yangi binosi – “Dunyo saroyi”

Latviya milliy kutubxonasi yangi binosi – “Dunyo saroyi” – zamonaviy Latviyaning katta loyihalaridan biridir. Bino qurilishi 2008-yilda boshlanib, besh yarim yildan oshiqroq vaqt davomida qurilgan. Loyiha 1989-yil yaratilgan bo’lishiga qaramasdan, yangi bino ochilishi 2014-yil yozda bo’lgan. Asli kelib chiqishi latviyalik bo’lgan Gunars Birkerts bu binoning arxitektoridir.

Kutubxona koordinatalari:
Manzil: Mūkusalas iela 3, Riga, Latviya
Telefon: +371 67806110
Sayt: https://www.lnb.lv/
E-mail: lnb@lnb.lv

Bugungi Latviya kutubxonasi milliy ahamiyat kasb etadigan zamonaviy dizaynga ega bo’lgan ilmiy, axborot va madaniy markazdir. Juda katta fondga ega bo’lgan kutubxona  (4 million rersurs) ta’lim, tadqiqot ishi va dam olish uchun ko’p xizmatlarni va keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu yerda siz resurslarni bemalol olib o’qish mumkin bo’lgan o’quv zallari, audiovizual materiallarga ega zallar, ko’rgazma zallari, konsultatsiya markazlari, individual va guruhda ishlashga mo’ljallangan alohida xonalardan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, Letonika va Boltiq markazi, mayda yozuvli nashrlar zali, ommaviy tadbirlar o’tkazish uchun zallar, do’kon va kafe hamda bolalar adabiyoti markazi ham foydalanuvchilarga xizmat qilib kelmoqda. Konferensiya zali akustikasi nafaqat konferensiya o’tkazish, balki konsertlar, musiqa kechalari va turli taqdimotlar o’tkazish imkoniyatini ham beradi. Bino Riga tarixiy markazining ro’parasida, Daugava daryosi chap qirg’og’ida joylashgan. Shuning uchun, 11- va 12- qavatlardagi tomosha qilish maydonlaridan ajoyib manzaraning guvohi bo’lishingiz mumkin.

 

Chexiya milliy kutubxonasi haqidagi postni ham o‘qing…

Matn va foto: library.ru
Tarjima: Durdona

 

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.