Gotfrid Vilgelm Leybnits

Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716) –  taniqli nemis faylasufi, matematik, fizik va ixtirochi, advokat, tarixchi, tilshunos, munajjim. 1646 yilda Leypsig shahrida tug‘ilgan. Leybnitsning otasi, taniqli huquqshunos bo‘lgan, Leybnits  yetti yoshga kirganda vafot etadi. Onasi, o‘g‘lining yaxshi ta’lim olishi uchun qayg’urardi va  uni Leypsigdagi eng yaxshi deb hisoblangan Nikolay maktabiga yuboradi. Gotfrid kunlab otasining shaxsiy kutubxonasida  vaqtini o‘tkazgan.

1676 yildan to oxirigacha Leybnis Hannoverdagi gertsoglar saroyida tarixchi va adliya maslahatchisi bo‘lgan. Bu yerda u astrolog (asosan burjlar jadvalini tuzgan ) va Wolfenbutteldagi sud kutubxonasida kutubxonachi bo‘lib ishlagan (o‘sha payada ushbu kutubxona Yevropa va dunyodagi eng katta hisoblangan). Leybnits bu kutubxonani 1690 yildan boshlab 23 yil davomida boshqarib, ushbu faoliyatni Gannoverdagi sud kutubxonasi faoliyati bilan birlashtirdi. Aynan shu yerda uning kutubxona  sohasiga oid g‘oyalarini yaraldi.

Leybnitsning  kutubxonachilik faoliyati boshqa kutubxonachi sifatida ishlagan  olimlarga nisbatan ancha kengroq edi. O’zining butun amaliy ishlarini kitoblar va kutubxonalarni bilim olishning asosiy vositasidir degan g’oya orqali amalga oshiradi. Uning fikriga ko‘ra , kutubxona fondi, intellektual va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, barcha bilimlarni entsiklopedik ravishda qamrab olinishidir. Kutubxona – arxivlar, nashriyotlar, matbaalar, ta’lim muassasalari, ilm-fan va madaniyat muassasalarini birlashtirib turuvchi yagona  axborot tizimidir.

Leybnits ilmiy kutubxonaning butun boshli islash konsepsiyasini  ishlab chiqadi. Ushbu kontseptsiyaning elementlaridan biri har yarim yilda  yangi nashrlarning izohli ro‘yxatlarini tayyorlash zaruriyatidir. U ushbu taklif bilan  Avstriya gertsogi Leopold I ga murojaat qiladi, ammo yordam ololmaydi.

Leybnits Frankfurt va Leyptsig  kitob yarmarkalarining kataloglarida  faqatgina asar muallifi  va kitobning nomi ko‘rsatilinishi o‘rniga yozuvchilarning tarjimai holi, ularning ishlarini, asarlarni tahlil qilish va undan olingan qisqartmalarni tayyorlashni taklif qiladi. U hukumat ushbu ma’lumotlar orqali jamiyatda aylanayotgan g’oyalar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishiga  va ularni shu orqali nazorat qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi deb hisoblagan.

U mamlakatdagi barcha kutubxonalarning jamlangan katalogini yaratishni taklif qiladi. Leybnits jamiyat uchun eng kerakli kitoblardan iborat maxsus  kutubxona yaratish taklifini kiritgan.

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.