webinar

Magistraturani Janubiy Koreyada davom ettiring!

Hurmatli bitiruvchilar! Ajoyib yangilik! Janubiy Koreyaning Tegu (Daegu) shahridagi Keimyong Universiteti (Keimyung University) Kutubxona va Axborot fanlari kafedrasi magistraturada o‘qishga taklif etadi.

Universitet haqida

Keimyong universiteti Janubiy Koreyaning Tegu shahridagi uchta alohida kampusdan iborat. Universitetda jami 68 ta fakultet va markazlar mavjud bo‘lib, ulardan 32 tasi bakalavr, 13 ta magistratura va aspirantura, 34 ta qo‘shma institutlar va filiallar, shu jumladan Dongsan tibbiyot markazi va 17 ta yordamchi ilmiy markazlar mavjud.

Asos solingan yil: 1899 y.
Talabalarning umumiy soni: 27 000
Manzili: 1095 Dalgubeol-daero, Dalseo-Gu, Daegu 42601, Южная Корея.
Veb sayti: http://www.kmu.ac.kr/english/

Ta’lim dasturi haqida

Ta’lim dasturi: magistratura
Mas’ul kafedra: Kutubxona va Axborot fanlari kafedrasi (Ijtimoiy fanlar fakulteti tarkibida)
O‘qish boshlanish muddati: 2021 yil bahorgi semestr yoki kuzgi semestr
Ta’lim tili: ingliz, koreys
Ta’lim muddati: 2 yil
Hujjatlarni topshirish muddati: Hujjatlarni qabuli 2021 yil bahorgi semestr uchun 2020 yil oktyabr-noyabr oylarida, 2021 yil kuzgi semestr uchun 2021 yil aprel-may oylarida amalga oshiriladi.

Hujjatlar

  • Ariza (Application form);
  • Ta’lim rejasi (Study plan);
  • Baholari ko‘rsatilgan diplomga ilova (oxirgi o‘qish joyi bo‘yicha). Bitirmagan talabalar uchun har bir akademik yil uchun sinov qaydnomadan baholar ko‘rsatilgan ko‘chirma;
  • Oliy oʻquv yurtini bitiriganlik haqida diplom (oxirgi o‘qish joyi bo‘yicha). Hali diplom olmagan nomzodlar oliy oʻquv yurtidan uning belgilangan muddatda diplomni olishini tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etishi zarur;
  • Tibbiy guvohnoma;
  • Nomzod bitirgan oliy oʻquv yurtidan tavsiyanoma (rektor, dekan yoki ilmiy rahbaridan) – Topshirish majburiy emas;
  • Til bilish darajasini isbotlovchi hujjat(lar) (IELTS, TOEFL, TOPIK va boshqalar). Bu hujjatning originali topshirilmaydi. Ushbu hujjat majburiy emas. Bunday hujjatga ega boʻlmaganlar, shunchaki bu hujjatni topshirmaydi;
  • Bank ma’lumotnomasi;
  • Passport rangli nusxasi.

Harajatlar

  1. Hujjatlarni topshirish to‘lovi – $100
  2. O‘qishga qabul qilinganda boshlang‘ich to‘lov (bir martalik) – $800
  3. Kontrakt to‘lovi – $3600 bir semestr uchun
    IELTS 5.5+ bo‘lsa 50% grant (scholarship), ya’ni $1800.
    IETLS 7.5+ bo‘lsa 100% grant (scholarship).
    Keimyong Universiteti professorining tavsiyanomasi bilan 20% grant.
  4. Koreya Respublikasi elchixonasiga VISA olish bo‘yicha to‘lov – $70
  5. Avia (samolyot) harajatlar – $500–$600 (taxminan)

Koreyada o‘qish davomida ishlash mumkinmi: Ha, mumkin. Shuningdek, ta’lim olish davrida koreys tilini ham o‘rganish va universitetning o‘zida rasmiy volontyorlik/ma’muriyat ishlarida faoliyat yuritish mumkin.

ASOSIY SHART: O‘qishni to‘liq tugatish va ta’lim qoidalariga amal qilish

Batafsil tanishish uchun universitet sahifasi: https://www.kmu.ac.kr/english/page.jsp?mnu_uid=578&

Agar IELTS sertifikatingiz bo‘lmasa, professor tavsiyanomasini olish uchun murojaat qilishingiz mumkin.

Telefon: +998974774476
Telegram: @mukhammadjonov

Fikr qoldirish ta'qiqlangan.