successful-people-who-failed-at-first

Muvaffaqiyatli bo‘lish siri nimada?

Kuzatishlarga ko`ra muvaffaqiyatli insonlarning ko`pchiligini muntazam kitob mutolaa qiluvchilar tashkil etar ekan. Buning o`ziga yarasha sabablari bo`lib, quyida sizga aynan shu sabablarni keltirib o`tamiz.

1.Kitob mutolaasi diqqatni oshiradi. Muvaffaqiyatli insonlar biror bir vazifaga uzoq muddat davomida e`tibor qarata oladilar. Kitob mutolaasi ham insondan sabr bardosh va diqqatni talab qiladi. Qanchalik ko`p kitob o`qiganingiz sari sizda boshqa bir vazifa yechimini topishda ham aynan shunday chidam paydo bo`ladi.

2.Oldingizga maqsad qo`yishga undaydi. O’quvchilar biror yaxshi kitob mutolaasi vaqtida o’zlari uchun maqsadlar qo’yib, maqsadlariga erishmaguncha harakatdan to`xtamaydi.

3.Ular vaqtni oqilona o’tkazishadi. Biror bir ishga ulgurishga yetmaydigan daqiqasini bekor o`tkazish o`rniga biror bir kitob mutolaa qiladilar. Muvaffaqiyatli insonlar vaqtlarini juda qadrlaydilar, har bir soniyani biror yangi narsani o`rganish hamda maqsadga erishish uchun sarflaydilar.

4.Ular uzoqni ko`ra oladilar. Turli adabiyotlarni o`qigan insonlar muammoga har tomondan qarab, uni muvaffaqiyatli ravishda yecha olish qobiliyatiga ega bo`ladilar.

5.Mulohazali bo`ladilar. Muvaffaqiyatli insonlar kitob o`qishni shunchaki varoqdagi so`zlarga ko`z yugurtirib chiqish deb bilmay, mutolaa vaqtida kitobda bo`layotgan voqealarni mulohaza qiladi.

6.Yozma va og`zaki mahoratini rivojlantiradi. Insoniyat tarixidan ma`lumki eng buyuk notiqlar hayotlari davomida ko`plab kitoblar mutolaa qilishgan. Ko`p mutolaa qilish sizda aynan shunday mahoratlarni payo qilish va rivojlantirishga yordam beradi.

7.Xotirani yaxshilaydi. Kitobxonlar inson miyasi qanchalik darajada kuchli ekanligini bilishadi. U tasavvur qilish qiyin bo`lgan hajmadagi ma`lumotlarni saqlash quvvatiga ega. Qanchalik ko`p o`qib o`rganganingiz sari, axborotlarni saqlash shunchalik osonlashib boradi. Muvaffaqiyatlilar doimo o`rganishda davom etib, ba`zan biz tasavvurimizga sig`dira olmaydigan darajada xotiralarini kengaytirishga erishadilar.

8.Kitobsevar insonlar miya ham doimo ishlatish kerak bo`lgan muskul deb hisoblashadi. Sport bilan shug`ullanish tanamizni me`yorida ushlab turganidek, mutolaa ham miyani o`tkirlaydi hamda ma`lumotlarni oson esda saqlashga yordam beradi. Muvaffaqiyatli insonlar har kuni o`z miyalarini kitob o`qish, biror boshqotirmalarni yechish orqali mashq qildiradilar.

9.Ular ta`lim beradi, yangiliklardan xabardor etadi. Muvaffaqiyali insonlar doimo dunyoda nima sodir bo`layotgani haqida bohabar bo`ladilar. Ular kitobni shunchaki o`qimaydi,balki ulardan biror bir narsa o`rganadilar. Hattoki fantastik asarlardan ham ular o`z hayotlari uchun nimadir oladilar.

10.Dam olish uchun mutolaa qiladilar. Hattoki eng muvaffaqiyatli insonlar ham biroz muddat dam olishga ehtiyoj sezadi. Bu ular miyalarini butunlay to`xtatib qo`yadi degani emas, ular dam olish uchun televizor ko`rish yoki biror kafe, restoranda o`tirishdan ko`ra kitob mutolaaasini afzal ko`radilar.

FOYDALI: Forbes-30: ilm-fan sohasidagi yetakchi yoshlar roʻyxati

TAYYORLADI: Abduqahhorova Muazzam

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.