Nigmatulla Yo‘ldoshev

Nig‘matilla Yo‘ldoshev tavsiya qilgan 10 kitob

Bugungi kunda kitobxonlik haqida ko‘p gapirilmoqda. 19-mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalasiga to‘xtalib, «Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», deb ta’kidlagan edi.

Ushbu yig‘ilish «Rahbarlarlarning sevimli kitoblari» nomli loyihani tashkil qilishga muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Xushnudbek Xudoyberdiyev tomonidan tashkil qilingan loyiha asosida hukumat vakillari, jamoat arboblari, xorijiy mamlakat elchilari, xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakillarining mutolaa uchun tavsiya qilayotgan kitoblarini bilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Quyida sizga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nigmatulla Yo‘ldashev tomonidan barcha o‘qishi kerak deb hisoblangan kitoblarning 10tasini havola qilamiz:

  1. «Xamsa» , Alisher Navoiy
  2. Imom al-Buxoriy hadislar to‘plami
  3. «Urush va tinchlik», Lev Tolstoy
  4. «O‘zbegim», Erkin Vohidov
  5. «Temur tuzuklari», Amir Temur
  6. «Mehrobdan chayon», Abdulla Qodiriy
  7. «Ikki eshik orasi», O‘tkir Xoshimov
  8. «15 yoshli kapitan», Jyul Vern
  9. «Yulduzli tunlar», Pirimqul Qodirov
  10. «Bolalik», Oybek

Manba: https://www.gazeta.uz

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.