ccccc

Nima uchun kunimizning hech bo’lmaganda 7-8 daqiqasini samarali o’tishini o’rganishimiz kerak?

Bu yerda asosiy masala bizning vaqtimizni qanday sarflayotganimizga ta’sir ko’rsatadigan tanlovlarimizdadir.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kundalik xatti-harakatlarimizning 40-50%i bu bizning har kunlik odatlarimizdir. Bu o’z-o’zidan juda muhim. Ammo, eng muhimi qolgan vaqtni qanday sarflashdir.

Ko’pchilik buni tushunmaydi, chunki bu odatlar ba’zan keying bir yoki ikki soat davomida menyuni o’rnatadi va siz qilayotgan qarorlarga jiddiy ta’sir qiladi.

Masalan, odatiy va har kuni takrorlaydigan harakatlarimizdan biri bo’lgan telefonni cho’ntagimizdan olish holatini eslasak. Ishga yoki o’qishga borayotganimizda yoki kun davomida ko’pchiligimiz yuzlab marta bo’lmasada, ko’p marta bu ishni qilamiz chunki bu odat bo’lib qolgan, ammo asosiy vazifamiz manzilimizga yetib borishdir.

Bu paytda sizda bir nechta variantlar paydo bo’ladi, itimoiy tarmoqqa kirish, elektron pochtani tekshirish yoki o’yin o’ynash va yana qanaqadir hohishlar. Ushbu variantlar allaqachon sizning miyyangizga o’rnashgan. Shunday qilib, siz telefoningizni ochasiz va ongli ravishda o’ylaysiz «yozamanmi yoki yurishim kerakmi», «elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqni tekshirishim kerakmi?

Aynan shu «hal qiluvchi vaqt«dir. Sizning shu tanlovlaringiz qolgan vaqtingizni qanday sarflashingizga muhim ta’sir qiladi.

Tong payti o’zingiz uchun muhim va to’g’ri tanlovlar haqida o’ylab oling va rejalashtiring yoki “time management” tuzsangiz undan ham yaxshi: Ishimni boshlashim kerakmi yoki telefonimni tekshirishim?

Yoki kunning oxirida: Ovqatlanishim yoki sport zaliga borishim kerakmi?

Siz tanlagan tanlov keyingi bir necha soat davomida sizning boshqa tanlovlaringizga ta’sir o’tkizadi.

FOYDALI: Kitoblar haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

TAYYORLADI: Latofat Sherzodovna

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.