Picturepedia: An Encyclopedia on Every Page

Bolalar va kattalar uchun qiziqarli ensiklopediya

O‘n minglab noyob fotosuratlar va chizmalar bilan to‘ldirilgan 9-12 yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan bu ajoyib kitobda tarix, samo, tabiat va boshqa ajoyib ma’lumotlar jamlangan. Quyosh ostida va undan tashqarida bo‘lgan har bir mavzuni ochib berish uchun hayratomuz tasvirlarni to‘plagan bu noyob manbaning har bir sahifasi mini-ensiklopediya sanaladi.

  • Nomi: Picturepedia: An Encyclopedia on Every Page
  • Hajmi: 360 pages
  • Nashriyot: DK Children (October 6, 2015)
  • Til: Ingliz
  • ISBN-10: 1465438289
  • ISBN-13: 978-1465438287

Picturepedia fan va texnika, tabiat, geografiya, madaniyat, sport va hobbi, tarix, hasharotlar, musiqa asboblari, kosmik kemalar, jahon xaritalari, mashhur kashfiyotlar, qadimgi dunyo va boshqalar haqida boblarni o‘z ichiga oladi. Har bir sahifada tegishli mavzudagi galereyalar, ro‘yxatlar, faktlar, infografikalar berilgan, har bir mavzu 100 ga yaqin rasmlar, grafikalar va illyustratsiyalar bilan tasvirlangan.

Sovg‘a berish yoki uy yoxud maktab kutubxonasiga hadya qilish uchun juda mos keladigan kitob – Picturepedia bolalar qayta va qayta ochib o‘qishini ta’minlaydigan manbadir. Shu bilan birga, bu kitobni kattalar ham maroq bilan o‘qishiga aminmiz.

Kitobning qisqartirilgan nusxasi bilan tanishib, bunga o‘zingiz iqror bo‘ling.

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.