Said Anvar

Aqli butun odam

Hajviya


 

M

uhiddin qiziq bozor qilib chiqsa, Akram qiziq zir yugurib turganmish-da.
— Ha, ogʻayni, tinchlikmi? — soʻrabdi Muhiddin aka.
— E, oʻrtoq, kechagina oʻttiz ming soʻmga yangi velosiped olgandim, shunday bozorga kirib chiqqunimcha oʻgʻirlab ketishibdi, — Akram aka kuyunib oshnasiga tushuntiribdi.
— E, oʻzi seni kallang yoʻq, — Muhiddin qiziq barmogʻini siltab davom etibdi. — Ha, oʻttiz ming soʻmga velosiped olgani yetgan aqling, yuz soʻmlik qulf olgani yetmadimi? Bitta zanjir olib simyogʻochgami, yo birorta daraxtga qulflab qoʻyarding, oxiratgacha turardi. Ana, biznikini qara, ikki haftadan buyon turadi, birov bitta gaykasiga ham tekkani yoʻq.

Akram qiziq oʻrtogʻi koʻrsatgan tomonga qarab oʻzini kulgidan tiyolmabdi.

— Ha, nimaga kulasan? — deb Muhiddin aka oʻzi koʻrsatgan tomonga qarabdi-da, u ham kulgiga qoʻshilibdi. Chunki qulflangan velosipedning oʻrnida ruli, egari, qanotlari yoʻq, gʻildiraklarsiz quruq ramaning oʻzi qulflogʻliq turardi.

 


Bizni kuzating:

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.