kkk

Sog‘lom, dono va baxtli bo‘lish siri nimada?

National Literacy Trust (NLT)  ning tadqiqotlariga ko`ra bo`sh vaqtida mutolaa qilish va yozish bilan qo`shimcha shug`ullanadigan bolalarning aqliy salomatlik darajasi yuqori ekanligi aniqlandi.

So`rovnoma 50000 ta bolalar orasida o`tkazilgan bo`lib, o`qish va yozishdan zavqlanadigan maktab o’quvchilari, qolgan tengdoshlariga qaraganda, sog`liq va baxt borasida uch barobar yuqori bo’lishlari kuzatilgan.

Bolalar va yoshlar bugungi kunda maktab, uy va ijtimoiy hayotda juda ko’p qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Farzandlarimizni hayot muammolarini yenga oladigan irodali qilib tarbiyalashga qo’limizdan kelganicha harakat qilishimiz kerak. So’nggi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’qish va yozishdan zavqlanish aynan shunday holatlarda juda foydali bo’lishi mumkin. O’qish va yozishni sevish nafaqat bolalarni maktabda tarbiyalashga imkon yaratadi, balki ayni paytda bolalarni baxtli va sog’lom turmush tarzida tarbiyalashda muhim rol o’ynashi mumkin

NLT direktori Jonatan Duglas

Hisobotda aytilishicha, bolalarning to’rtdan bir qismi yoki 26,5 foizi stress bilan qanday kurashish kerakligi haqida hech qanday tushunchaga ega emas, va beshdan biri yoki 21,6 foizi o`z  hayotidan norozi bo`lib yashamoqda.

«Place2Be» bolalar ruhiy salomatligi xayriya tashkiloti ijrochi direktori Ketrin Rosh quyidagilarni ta’kidladi: «Mutolaa g’amgin holatlar yoki tashvishlantiradigan narsalarni boshdan kechirayotgandagina emas, balki bolalar uchun murakkab his-tuyg’ularni kashf qilib,shuningdek, muntazam mutolaa bilan mashg`ul bo`lgan bolalar o`zlarini kamroq yolg`iz his qilishadi.  Ota-onalar va o`quv dargohlari tomonidan o`quvchilarning mutolaaga bo`lgan ishtiyoq hamda kitobga bo`lgan muhabbatni paydo qilish, ularni kelajakda duch kelishlari mumkin bo`lgan qiyinchiliklarni yengish va o`z hayotidan mamnunlik hissi bilan yashashi uchun muhim omil sifatida xizmat qiladi.

FOYDALI: Audio ertaklar yaxshilikka yetaklar  

TAYYORLADI: Muazzam Abduqahhorova

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.