Foto: unsplash.com

Stenford talabasi o`qishi shart bo`lgan uch kitob

       Amerikaning eng nufuzli universitetlaridan biri bo`lgan Stenford oliygohi talabasi bo`lish baxtiga musharraf bo`lgan birinchi bosqich tolib va tolibalari qiyinchilikni yengib, oz maqsadlariga erishganligidan zavqlangan holda, o`qish oldidan biroz darslardan chalg`ib yoz faslida dam olishni xohlashadi. Ammo ularni murakkab masalalar bo’yicha tanqidiy fikrlashda davom etishlarini istaydigan universitet ma`muriyati endilikda ularning dam olish vaqtlarini ham unumli o`tkazish maqsadida har yoz fasli uchun o`qish va muhokama qilishlari uchun “Uch kitob” dasturini ishlab chiqishdi. Bu dasturga ko`ra yangi talabalardan o`qish oldidan ushbu kitoblarni mutolaa qilish talab etilib, kitoblar ma`muriyat tomonidan taklif qilinadi.Bu esa, talabalarning murakkab mavzular bo`yicha ilmiy salohiyatni oshirish, fikrini bayon etish va nutqning rivojlanishida katta omil bo`lib xizmat qiladi. Turli mavzudagi kitoblar har yili professor o`qituvchilar tomonidan tanlanib, talabalarga vazifa sifatida taqdim etiladi.

2018-yil uchun Professor Xose Devid Salvador tomonidan “Globallik va Migratsiya” masalalari bo’yicha kitoblarni tanlangan:

-Chang-rae Lee: Native Speaker ( Mahalliy ma`ruzachi)

-Edwidge Danticat: Brother, I’m Dying (Birodar, men o’laman )

-Yuri Herrera : Signs Preceding the End of the World (Dunyoning oxiri  alomatlari)

lkjlkj

jljlkjlkj

«Uch kitob» dasturi Lamsam-Sagan Oilaviy stipendiya fondining Litsenziya ta’limi jamg’armasining saxiyligi bilan amalga oshiriladi. 

        Nafaqat Stenford balki Garvard universiteti proffesorlari tomonidan ham universitet talabalari uchun har bir talaba o`qishi kerak bo`lgan kitoblar ro`yxati tuzilib, ularga mutolaa qilish uchun taklif qilinadi. Bu universitetlarning dovru`gini ko`tarilishiga, nafaqat bu yerda tahsil olayotgan talabalarning bilim darajasining yuqoriligi, shuningdek, hattoki dam olish vaqtlarida ham talabalarni bo`sh vaqtlarinini unumli o`tkazish uchun tashkil etilgan dasturlar sabab bo`lmoqda desak mubolag`a bo`lmaydi. Yurtimizning oliy yurtlari tomonidan ham ana shunday dasturlar tashkil qilish ,yoshlarimizning ilmiy salohiyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatib, ularda mutolaaga bo`lgan ishtiyoqni yanada oshishiga muhim omil sifatida xizmat qilsa ajab emas.

FOYDALI: Audio ertaklar yaxshilikka yetaklar  

TAYYORLADI: Muazzam Abduqahhorova

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.