kth_14

Stokgolm Qirolligi Texnika universiteti kutubxonasi

Bu ajoyib kutubxonaning kirish qismida esdalik taxtachasi osib qo’yilgan. Unda 2002-yil aprel oyida kutubxonaning rekonstruksiya va dizayn loyihasi Shved arxitektorlari Assotsiatsiyasining “Oltin Stul” nomli asosiy mukofotiga sazovor bo’lgani aks etgan. Chunki arxitektorlar kutubxonaning bir vaqtning o’zida ko’p sonli foydalanuvchilarga xizmat qila olishidan tashqari, ko’rinishi Skandinaviya an’nalariga asoslanganini e’tirof etishgan. Yozilganlarga ko’ra, binoning eng mustahkam va yuqori sifatli shved materiallaridan yaratilgani alohida tahsinga loyiq.

Kutubxona koordinatalari:
Manzil: Osquars backe 31, 114 28 Stockholm, Shvetsiya
Telefon: +46 8 790 70 88
Sayt: https://www.kth.se/kthb
E-mail: info@kth.se

Kutubxona binosi universitet o’quv shaharchasidagi… sobiq o’qutivchilar avtomobillari turargohi o’rniga qurilgan. Bunday joyga ehtiyotkorlik bilan, chuqur o’ylangan holda bino qurilishida atrofdagi birorta binoga zarar yetkazilmagan. Aksincha, o’sha yerdagi ekosistema ham saqlab qolingan: kutubxona binosini loyihalashtirishda va qurilish vaqtida o’sayotgan ajoyib daraxtni saqlab qolishgan. Binoni shunday qurishdiki, bu ajoyib daraxt endi kutubxona ichida unga chiroy bergan holda o’smoqda.

Agar kutubxona binosining qurilish planiga qaraydigan bo’lsangiz, u teng yonli uchburchak shaklida. Hatto binoning ichida konferensiyalar zali ham bor.

XVIII asrda univeristet binolarida o’g’il bolalar uchun dengiz ishi, baliqchilik va kemasozlikni o’rgatishga mo’ljallangan hunarmandchilik maktablari bo’lgan. Shunday qilib, bu “bibliouchburchak”ning bir tomoni avval suv kanali bo’lgan, unda o’quvchilar kemalarning germetikligini(suv o’tkazmaslik qobiliyati) va chidamliligini sinovdan o’tkazishgan. Hozir esa bu yerda XVII-XIX asrlarga tegishli fizikaviy va kimyoviy o’quv anjomlarining ko’rgazmasi tashkil qilingan.

Binoning qolgan ikki tomonida esa tepaga qarab yo’nalgan kutubxona galereyalari borki, siz ularning o’zaro hamohangligidan hayratga tushasiz.

Ma’lumot uchun: asosiy zalda shiftgacha bo’lgan balandlik 18 metrga teng; va bu to’rtta metall ustunlar ustiga o’rnatilgan. Bunday balandlikdagi tomni ushlab turish uchun (va mustahkamlikni ta’minlash uchun) ulkan derazalar (yoki shisha devorlar) bino qilingan. Ular binoning mustahkam g’ishtli devoriga mustahkam o’rnatilgan. Inshootning bu qadar murakkabligiga qaramasdan, har bir bino yengildek tuyuladi, ular yorug’lik va havo bilan to’ldirilgan.

Keling, bu qadar keng va ulkan zallarning yoritilishi haqida aytib bersak. Bu yerda tabiiy yorug’likdan iloji boricha ko’proq foydalanish maqsad qilib olingan, sun’iy yorug’likka kam murojaat qilinadi. Bu yerda mayda narsaning o’zi yo’q, hamma narsa, har bir santimetr kvadrat inobatga olingan. Agar biror xona ishlar bajarishga mo’ljallangan bo’lsa, uning tashqi devoir shaffof shishadan qilingan; agar bu joy o’quv zali bo’lsa, har bir obyekt uchun alohida yoritish tizimi o’ylab chiqilgan. Kitob stellaj(javon)lari va kompyuter stollar ularning o’rtasidan chiqadigan teng miqdordagi yorug’lik bilan ta’minlangan. Bu juda jozibali ko’rinadi va o’z navbatida mehnat qilish uchun qulay sharoit yaratadi.

Yana o‘qing: Kolding kutubxonasi

 

Matn va foto: library.ru
Tarjima: Dilnoza

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.