LONDON, ENGLAND - JULY 31:  Employee Tilly Shiner looks at a book in the aMAZEme labyrinth at The Southbank Centre on July 31, 2012 in London, England. Brazilian artists Marcos Saboya and Gualter Pupo used 250,000 books to create the maze which will be on display until August 25, 2012.  (Photo by Peter Macdiarmid/Getty Images)

Tashkent Book Fest

Toshkent shahrida ilk marta 2-4 oktyabr kunlari O‘zexpomarkaz Milliy ko‘rgazmalar kompleksida I Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi o‘tkaziladi. Barcha kitobsevarlar va mutolaa ixlosmandlari taklif etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkil etilayotgan Tashkent Book Fest ishtirokchilari ko‘rgazma yarmarka davomida mahalliy va xorijiy nashriyotlarning mahsulotlari bilan yaqindan tanishishlari, yangi kitob namoyishlarida, mashhur yozuvchilar va shoirlar bilan uchrashuvlarda qatnashishlari va tashkilotchilar tomonidan o‘tkaziladigan turli aksiyalar va tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, tadbir davomida yozuvchilar, shoirlar, illyustratorlar bilan ijodiy suhbatlar, mavzuli seminarlar, mahorat darslari va treninglar tashkil etiladi.

Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi — soha bo‘yicha turli davlatlar mutaxassislari o‘rtasida fikr va tajriba almashishga mo‘ljallangan platforma.

I Toshkent Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi yirik madaniy-ma’rifiy tadbir hisoblanib, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilish, mamlakat adabiy merosini qo‘llab-quvvatlash, nashriyotchilik bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish va xorijiy kutubxonalar, nashriyotlar hamda mualliflar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga zamin yaratishi ko‘zda tutilgan.

Barcha tashrif buyuruvchilar uchun kirish ochiq. Kirish uchun tashrif vaqtida yoki onlayn ravishda ro‘yxatdan o‘tiladi.

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.