Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning yangi kitobi

Bugun prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari natijasida jamiyatimizning ko‘plab sohalarida yana-da ko‘proq yuksalishlar, o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Sir emaski, ushbu rivojlanishlarning asosida xalq manfaati, el-u yurt ravnaqi yotadi. Ma’lumki, jamiyatimizning rivojlanish strategiyalarining  amalda keng ko‘lamli bajarilishini ta’minlovchi shaxslar – bu rahbarlardir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  ilk «Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak» nomidagi kitobi ham  aynan shunday rahbarlar haqidadir. Kitob «O’zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etildi. Bu haqida UzA.uz xabar bermoqda.

Ushbu risola Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik faoliyatidagi ilk kitobi bo‘lib, unda davlat rahbarining shu yil 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan, mamlakatimizning 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi o‘rin olgan.

O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2017-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar, jahon bozorida raqobat kuchayib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq muhim vazifalar ma’ruzada batafsil ko‘rsatib berilgan. Ayniqsa, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, jumladan, shahar va qishloqlarimizda arzon va qulay uy-joylar qurish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalar ham kitobdan alohida o‘rin egallagan.

Fikr qoldirish

Email manzilingiz sir tutiladi. * Barcha maydonlarni to‘ldiring.